​Bir yilda 3 ta OTMga hujjat topshirish shartlariga aniqlik kiritildi!

Shu kunlarda oliy ta’lim tizimida yuz berishi kutilayotgan yangilik va o‘zgarishlar jamoatchilik orasida keng muhokamalarga sabab bo‘lyapti. Sohadagi yangiliklar mohiyatiga oydinlik kiritish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Odil Abdurahmanov quyidagilarni so‘zlab berdi.

— Avvalo, abituriyentlarga doimiy yashash joyi hududida hujjat topshi­rishi va test sinovida ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratilayotganini ta’kidlash lozim, — deydi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Odil Abdurahmonov.

— Endi yoshlar poytaxt­dagi OTMga hujjat topshirish uchun uzoq yo‘l bosib kelishi shart emas. Abituriyent o‘zi yashayotgan shahardagi davlat xiz­mat­lari markazlari orqali yurtimizdagi istalgan OTMga hujjat topshirishi mumkin. Test sinovi ham shunday tashkil etiladi.

Abituriyent bir vaqtning o‘zida 3 ta OTMga hujjat topshirishi uchun ta’lim yo‘nalishini tanlashda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va ularga ball berish ketma-ketligi mos kelishi kerak.

Misol uchun, abituriyent O‘zMU­ning kimyo fakultetiga o‘qishga kirmoqchi. Qo‘shimcha ravishda oliy ta’lim muassasasida fanlar majmua­siga muvofiq keluvchi yana 2 ta — SamDU hamda BuxDUning kimyo fakultet­lariga hujjatlarini ilova qildi. Abituriyent test sinovi jarayonida bir marta ishtirok etadi. Deylik, u O‘zMUning kimyo fakultetiga o‘qishga kirish uchun imtihon topshirib, 138 ball oldi. Ertasi kuni test natijasidan xabardor bo‘ladi. Abituriyent O‘zMUga o‘qishga kirolmagan bo‘lsa, kayfiyatni tushirmasdan SamDU va BuxDUda o‘tkazilgan test sinovi natijalarini aniqlashi lozim. SamDUning kimyo fakultetiga to‘lov-shartnoma asosida oxirgi kirish bali 130 bo‘lsa, bunday holatda u SamDUda shartnoma asosida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Agar BuxDUning kimyo fakultetiga oxirgi bo‘lib davlat granti asosida o‘qishga kirgan kishining natijasi 135 ball bo‘lsa, unda u to‘plagan 138 bali bilan BuxDUda davlat granti asosida o‘qish imkonini qo‘lga kiritadi.

© Ma’rifat gazetasi

Do'stlaringizga ulashing:

11 thoughts on “​Bir yilda 3 ta OTMga hujjat topshirish shartlariga aniqlik kiritildi!”

  1. Assalomu aleykum savolim: menga yaqinroq bulgan joyga OTM hujjatlarimni topshirsam buladimi

  2. 3ta OTMga topshirish uchun hohlagan universitet yoki institutlarning biriga borsangiz bo’ladi. Masalan Toshkent Jahon tillari, Buxoro Davlat Universiteti, Samarqand Davlat universitetiga birdan hujjat topshirsangiz bo’ladi. Buning uchun o’sha yo’nalishlari bor boshqa o’zingizga yaqin OTM ga ham borishingiz mumkin. Masalan Farg’onaga borib yuqoridagi 3ta OTM ga hujjat topshirishingiz mumkin

  3. Assalomu alekum savolim shunday internet sayitlarda kórsatilgan 5 ta unvetsitetdan tashqari bowqa unversitetlarga ham davlat hizmatlaridan hujjat topshirsa boóladimi

  4. Assalomaleykum savolim shunday: imtihonga kirish u.n hujjatning 1-qaysi oliygohga topshirilganining ahamiyati yo‘qmi?

  5. Assalom alikum savolim quydagicha otm ga uch hil vil bir hil fakultetga topshirladimi va qanday hujjatlar kerak boladi

  6. Assalom.Savolim quydagicha 3 ta OTMga topshirsak biz tanlayotgan yunalish faqat bitta OTM ga to‘g‘ri kelib qolsa unda bu vaziyatda biz nima qilamiz?faqat bittasiga topshiramizmi?

Leave a Reply

Your email address will not be published.