2020-yilda bo‘lib o‘tadigan pedagog kadrlar attestatsiyasiga tayyorgarlik ishlari boshlandi

Attestatsiyada ishtirok etishni xohlovchi ta’lim muassasalari pedagog kadrlarga oid ma’lumotlarni tasdiqlangan hamda elektron shaklda 2019-yilning 1-dekabriga qadar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga taqdim etishlari lozim. Pedagog kadrlar esa, attestatsiyada ishtirok etishlari uchun o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan ta’shim muassasasi rahbariga yozma murojaat qilishlari kerak.

Ta’limni boshqarish bo‘yicha hududiy boshqaruv organlari attestatsiyada ishtirok etish istagini bildirgan pedagoglar ro‘yxatini shakllantirib, 2019-yil 1-dekabrga qadar Ta’lim inspeksiyasiga taqdim etishlari hamda pedagog kadrlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni http://pka.tdi.uz/ elektron dasturiga kiritilishini nazoratga olishlari lozim.

Hurmatli pedagoglarimiz quyidagilarga alohida e’tibor qaratishlari lozim:

1. Pedagog kadrlar attestatsiya jarayonlariga mas’uliyat bilan yondashishlari, attestatsiya jarayonlarining asosini tashkil qiladigan normativ-huquqiy hujatlarni (nizom, baholash mezonlari) mukammal o‘rganib chiqishlari;

2. Attestatsiya komissiyalariga o‘zlari to‘g‘risidagi haqqoniy, asoslangan ma’lumotlarni taqdim etishlari, attestatsiya jarayonlari bilan bog‘liq hujjatlarni soxtalashtirishga harakat qilmasliklari;

3. Ijtimoiy tarmoqlarda malaka (test) savollari yoki nazorat materiallari sifatida tarqatilayotgan har xil ko‘rinishdagi manbalarga ishonib qolmasliklari, faqatgina vakolatli organ ya’ni Ta’lim inspeksiyasi tomonidan o‘tkaziladigan onlayn repetitsiyada samarali foydalanishlari;

4. Malaka (test) sinovlarini o‘tkazish jarayonlarida pedagoglarga xos bo‘lmagan xatti-harakatlarni (har xil ko‘rinishdagi manbalardan foydalanish, o‘ringa-o‘rin kirish) sodir etishga harakat qilmasliklari maqsadga muvofiq.

5. Shuningdek, attestatsiya jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan savollar yuzasidan Ta’lim inspeksiyasining 71-231-07-53 (ichki raqam 1023,1032) telefon raqami qo‘ng‘iroq qilishlari yoki inspeksiyaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari yoki pedkadr@tdi.uz elektron manziliga yuborishlari mumkin.

Do'stlaringizga ulashing:

Leave a Reply

Your email address will not be published.