21-dars. Present Simple (I do)

Bu yerda ko’p kitoblar bor.                U muzqaymoq yeyapti.
Ular ko’p o’qiydi.                                U muzqaymoqni yaxshi ko’radi

Present Simple – Hozirgi zamon hisoblanib odatiy ish harakatlar, har doim takrorlanib turadigan ish-harakatlarni ifodalashda ishlatiladi.
They read a lot (Ular ko’p o’qiydi)
I work at school (Men maktabda ishlayman)
Your English is good. You speak very well. (Sening ingliz tiling yaxshi. Sen juda yaxshi gapirasan)

Ingliz tilida aniq Faktlar oldidan ham Present Simple ishlatamiz misol uchun?
Lions eat meat. (Sherlar go’sht bilan ozuqlanishadi)
The water boils at 100C. (Suv 100 gradusda qaynaydi)
The earth goes round the sun. (Yer quyosh atrofida aylanadi)

Biz Present Simple zamonida III shaxs birlik (he, she, it) dan foydalanganimizda barcha fe’llarga -s (-es) qo’shimchasi qo’shiladi. Masalan:
I like ice cream = he likes ice cream
I work in a shop. My brother (he) works in a bank.
Lucy (she) lives in London. Her parents (they) live in Scotland.
It rains a lot in winter.

Otlardan ko’plik yasash mavzuimizda qanday hollarda -s va qaysi hollarda -es qo’shilishi haqida o’rgangan edi. Aynan o’sha qoida fe’llarga ham amal qiladi.

always/never/often/usually/sometimes kabi payt ravishlari bilan ham present simple qo’llaniladi. Ushbu so’zlar odatda ega va kesim o’rtasiga qo’yiladi.

Susan always gets to work early. (not Susan gets always)
I never eat breakfast. (not I eat never)
We often go away at weekends.
Mark usually plays football on Sundays.
I sometimes walk to work, but not very often.

EXERCISES

Exercise 1. Qavs ichida berilgan fe’llarni -s yoki -es qo’yib yozib chiqing

Exercise 2. Rasmda tasvirlangan odamlar haqidagi gaplarni tugallang. Quyidagi fe’llardan foydalaning:

Exercise 3. Quyida berilgan fe’llardan foydalanib gaplarni yakunlang.

Exercise 4. Ushbu so’zlardan gap tuzing. Fe’llardan tog’ri foydalaning.

Exercise 5. O’zingiz haqingizda yozing. always/never/often/usually/sometimes dan foydalaning

NEW WORDS

1 a lot ko’p 10 think o’ylamoq
2 boil qaynamoq 11 finish tugatmoq
3 cost narxda turmoq 12 always doimo
4 wash yuvmoq 13 usually odatda
5 young yosh 14 never hech qachon
6 dirty kir, iflos 15 often tez-tez
7 early erta 16 sometimes ba’zida
8 forget unutmoq 17 expensive qimmat
9 wear kiymoq 18 enjoy rohatlanmoq
Do'stlaringizga ulashing:

Leave a Reply

Your email address will not be published.