O’tgan zamonda boshlanib tugagan va natijasi hozirda ko`rinib turgan har qanday ish harakat Present Perfect yani hozirgi tugallangan zamon deb ataladi. Ushbu zamonda ish harakat tugallangan bo’lishi kerak.
Misol uchun:




Bu zamonda gaplar tuzish uchun egadan keyin (I, you, we, he, she, it) have yoki has qo’yamiz va fe’lga -ed qo’shamiz. Masalan: I + have + work + ed
I have worked.
III shaxs birlikda (he, she, it) esa have ni o’rniga has ishlatamiz.
He has worked. My mother has cleaned.
Have ni qisqartirib ‘ve ko’rinishida has ni esa ‘s ko’rinishida ishlatishimiz mumkin. He‘s worked. I‘ve done my homework.
Inkor shakl yasaganimizda esa biz have/has dan keyin not qo’yamiz.
I have not done my homework. My mother has not cleaned the room.
Ko’pincha qisqartma shaklidan foydalanamiz. have not = haven’t; has not = hasn’t

Fe`llar 2 xil bo`ladi . To’g’ri fe’llar va notog’ri fe’llar
To’g’ri fe’llar (Regular verbs ) To`g`ri fe’ldan o’tgan zamon va tugallangan zamon yasalganda fe`llarga -ed, qo`shimchalari qo’shiladi. Masalan: work – worked; play-played;

Noto’g’ri fe’llar (irregular verbs): Bu fe’llar yuqoridagi qoidaga bo’ysunmaydi. Bu fe’llardan o’tgan zamon yoki perfect da foydalanish uchun -ed qo’shmaymiz. Ularning o’zlarini maxsus o’tgan zamon va sifatdosh shakllari bor. Shulardan foydalanamiz.
Maslaan: buy – bought

Bazida o’tgan zamon va o’tgan sifatdosh fe`llari bir xil shaklda bo’lmasligi mumkin. Masalan: break – broke – broken

So`roq shakli have, has ko`makchi fe`llarini egadan oldinga olib o`tish bilan yasaladi.

Inkor shakli have, has ko`makchilariga not so`zi qo`shilshi bilan yasaladi.

Exercises 1. Rasmlarga qarang. Nima sodir bo`ldi? Qutidan tanlang.

Javoblari
2. She has closed the door.
3. They have gone to bed.
4. It has stopped raining.
5. She has had a shower.
6. The picture has fallen down.

Javoblari
2.have bought
3.has gone
4.Have you seen
5.has broken
6.have told
7.has taken
8.haven’t seen
9.has she gone
10.have forgotten
11.has invited
12.Have you decided
13.haven’t told
14.have finished
New words
| 1 | look for | qidirmoq | 9 | magazine | jurnal |
| 2 | women | ayollar | 10 | buy | sotib olmoq |
| 3 | party | bazm | 11 | decide | qaror qilmoq |
| 4 | tonigh | kechasi | 12 | finish | tugatqm |
| 5 | meeting | uchrashuv | 13 | forget | unutmoq |
zor
nima bu
Indira+Muxammet
Barlan+Gozzal
Fatimaxon + erlanjan= sevishganlar
mexriy+muhammed
Good luck
Oka signal verbs larini ham yozib keting iloji bosa
Katta rahmat
But juda ham zõr ekan tugarak qilmaysizmi?
gap yoq kurz bormi szda oqimoqchiman
Juda zoʻr. Gap Yoʻq. Ishingizga omad
Odina
Bazida o’tgan zamon va o’tgan sifatdosh fe`llari bir xil shaklda bo’lmasligi mumkin. Masalan: break – broke – broken.deb aytilgan shunda present perfect 1da gap tuzganimizda xohlasak broke ni xohlasak broken ni olsak bo’ladimi?
Tushuntirishizga gap yuq yaxshi tushunsa buladi. Test tizimiga xam gap yuq shu mavzuga oid xar xil varyantli tesla kuproq bersaiz yanayam yaxshi bulardi. Agar shunday prograama bulsa ayting kuproq test ishlasa esga qoladida
wow lol qoldim zor, gap yoq. tuwuntiriw struktursiga qoyil qoldm zor ekan. ishlarizga omad!
ajoyib ingliz tili gramatikasi zo’rrrrr 100% natija qildim
menga shu sayt juda ham yoqadi.Juda foydali.Juda kerakli.
Yakuniy test buyicha 3_ testda xatolik bor ekan