Ingliz tilida ko’plik (plural) shakli yasash uchun ko’pgina otlarga -s qo’shimchasini qo’shamiz. Masalan: birlikda book bo’lsa undan ko’plik yasash uchun -s qo’shimchasini qo’shsak kifoya: books – kitoblar. O’zbek tiliga -s qo’shimchasi
-lar deb tarjima qilinadi.
one flower – two flowers
one zebra – four zebras
one lion – three lions
Exercise 1. Rasmga qarang, nechta va qaysi hayxonlar borligini yozing.

Answers
2 two lions3 two snakes
4 two elephants
5 two frogs
Lekin hamma otlarga ham -s qo’shimcha qo’shilmaydi. -s, -ss, -sh, -ch, -x, yoki -o harflari bilan tugagan otlarga ko’plik yasash uchun -es qo’shimchasi qo’shiladi.
one bus – two buses
Exercise 2. Quyidagi mashqda ko’plik shaklini yasang.
1. watch – _________
2. glass – _________
3. tomato – ________
4. brush – ________
5. box – _________
6. dish – ________
Answers
1 watches2 glasses
3 tomatoes
4 brushes
5 boxes
6 dishes
So’z oxirida undosh harf va y harfi kelgan otlarga y harfini tushirib qoldirib, -ies qo’shimchasini qo’shamiz. Masalan: one baby – two babies
Lekin,
So’z oxirida unli harf va y kelsa, u holda -s qo’shimchasini o’zi qo’shiladi. Masalan: toy – toys
Ko’pgina otlarning ko’plik shakli shu qoidalar asosida yasaladi.
Ammo, ba’zi otlar borki ular bu qoidalarga bo’ysunmaydi. Ularni biz irregular plurals deymiz. Ularning o’zini ko’plik shakli bor bo’lib, -s, -es, yoki -ies emas aynan o’sha shaklini ishlatishimiz kerak bo’ladi. Masalan one man – two men. Ushbu ro’yxatdagi so’zlarga -s qo’shimcha qo’shsak xato bo’ladi. Bu so’zlar ro’yxatini yaxshisi yodlab olganingiz ma’qul. Ular unchalik ham ko’p emas. Ularning ba’zilarini keltirib o’taman:

Exercise 3. Rasmga qarang va ko’plik shaklini yasang.

Answers
2 three mice3 two feet
4 three fish
5 three children
New words (Yangi so’zlar):
flower – gul
lion – sher
bus – avtobus
watch – qo’l soat
tomato – pomidor
brush – chotka
box – quti
dish – idish
baby – go’dak
Sizdan iltimosim writing task 1 ielts nikini otib bering agar iloji bolsa iltimos hozi writing task 2 otamiz faqat task 1 man darsga keme qoganman shunchun tushunmay qolyapman Iltimos
Bu qoidada f yoki fe bilan tugaganlarga ves qoshimchasi ham qoshilardi shuni yodilardan chiqaribsizlar OMAD
Very good!
Luck in work
zor raxmat test very good
Assalomu alaykum ustoz.
Ilmingiz ziyoda bo’lsin ustoz rahmat .
good
Qoil ancha tushunarli qilib ishalngan sayt ekan. Katta rahmat!
You can give more details, but it’s great !!!
Assalomu aleykum okajona baraka topin sizzi darsliklariz sharofati bilan repetitorga imkoniyati yo odamla tekinga saytizdan ingliz tilini o’rganvotti,alloh rozi bo’sin sizdan okajon
Men Abdusalomov Abdushokir 9-sinfda o’qiyman.ingliz tili va matematikaga qiziqaman.
Men Abdusalomov Abdushokir 9-sinfda o’qiyman.
zur