5-dars. Personal pronouns

Image result for personal pronouns
Ingliz tilida personal pronouns deganda kishi (shaxs)ni o’rniga ishlatiladigan olmoshlar tushuniladi.
Masalan:
John is my brother.  He is my brother. (John mening akam. U mening akam)
Bu yerda John ot bo’lsa, he uning o’rnida ishlatilyapti. Ya’ni shaxs o’rniga qo’llanilmoqda.
Children are playing in the garden. They are playing in the garden.
(Bolalar bog’da o’ynashyapti. Ular bog’da o’ynashyapti).

Ingliz tilida 3ta shaxs mavjud. I-shaxs so’zlovchi, II-shaxs-tinglovchi, III-shaxs boshqa, suhbatga aloqasi
bo’lmagan odam

Birlikda (Singular)
I-shaxs       I – men
II-shaxs      you – sen, siz
III-shaxs     he, she, it – u

Ko’plikda (Plural)
I-shaxs      we – biz
II-shaxs     you – sizlar
III-shaxs    they – ular

Biz he deb faqat erkak kishi yoki og’il bolaga, she deb faqat qiz yoki ayolga, it deb esa narsa buyum va jonivorga nisbatan ishlatamiz. O’zbek tiliga u deb tarjima qilinadi. Ko’plik shaklida esa hammasiga faqatgina they (ular) qo’llaniladi.

Do'stlaringizga ulashing:

Izoh qoldiring

avatar
MS.Lady
Guest
MS.Lady

yaxshi