6-dars. To be fe’li

Image result for verb to be
To be fe’li bo’lmoq, hisoblanmoq degan ma’noni bildiradi yoki o’zbek tilidagi -man, -san, -dir qo’shimchalariga to’g’ri keladi. To be fe’lini asosan ot, sifat, son bilan ishlatiladi.
To be fe’lining 3 ta shakli mavjud. Ular shaxslarga qarab tuslanadi. Bular: am, is, are
Biz doimo I-shaxs ya’ni I bilan to beni am shaklini ishlatamiz.
II-shaxs you bilan esa are ni
III-shaxs ya’ni he, she, it bilan esa is ni qo”laymiz.
Ko’plikda barcha shaxslar ya’ni we, you, they ga are ishlatamiz.

I am a pupil.                       Men o’quvchiman.   (ot bian)
He is 18 years old.             U 18 yoshda(dir).     (son bilan)
This flower is beautiful.     Bu gul chiroyli(dir).  (sifat bilan)

To be ni qisqartma shakli. 
Ingliz tilida to be ni qisqartma shakli ko’p uchraydi. Bular:
I am – I’m
You are – You’re
He is – He’s
She is – She’s
It is – It’s
We are – We’re
They are – They’re

To be ning inkor shakli.
To be ni inkor shaklini yasash uchun to be dan keyin not yuklamasi qo’yiladi.
I am not a pupil.  Men o’quvchi emasman.
He is not 18 years old. U 18 yoshda emas.
They are not beautiful. Ular chiroyli emas.

To be ning savol shakli.

Tobening savol shakli yasash uchun o be fe’lini egadan oldinga qo’yiladi.
Masalan:
You are a pupil.       Sen o’quvchisan
Are you a pupil?      Sen o’quvchimisan?
Javob berish: Yes, I am/No, I am not

Do'stlaringizga ulashing:
avatar
3 Comment threads
1 Thread replies
0 Followers
 
Most reacted comment
Hottest comment thread
4 Comment authors
nurmuhammadotabekHasanboy RasulovDavronov Salimbek Recent comment authors
nurmuhammad
Guest
nurmuhammad

oka manga to be ga 20 ta gap kere

otabek
Guest
otabek

zo’o’o’o’o’o’o’r

Davronov Salimbek
Guest
Davronov Salimbek

Faqatgina shularmi?