2-dars. A/an artikli

Ingliz tilida a/an noaniq artikli otlar oldidan ishlatiladi. A/an ma’nosi bitta, bir degan ma’noda keladi. A book – kitob yoki bitta kitob. A pen – ruchka yoki bitta ruchka. An elephant – fil yoki bitta fil.
A/an artikli faqatgina bitta narsalarga ishlatiladi. Agar biron nimani ko’plikda aytmoqchi bo’lsak a/an ishlatilmaydi.

Misol: a book – two books  (kitob – 2ta kitoblar)
            An elephant – three elephants (fil-3ta fillar)
            A dog – dogs (it-itlar)

A va an asosiy farqi a artiklini consonants(undosh harflar) oldidan an artiklini esa vowels (unli harflar) oldidan ishlatamiz.

Misol:   a ball (kopto’k), a pen (ruchka), a box (quti)
              an ant (chumoli), an owl (ukki), an ostrich (tuyaqush)

Yodlash uchun so’zlar: snake-ilon
ant-chumoli
frog-qurbaqa
octopus-sakkizoyoq
cow-sigir
insect-hashorot
bird-qush
lion-sher
alligator-timsoh
donkey-eshak
mouse-sichqon
fish-baliq
horse-ot
bee-asalari
Vazifa: Ushbu yangi so’zlarni a va an bilan yozib chiqing.

Do'stlaringizga ulashing:

Izoh qoldiring

avatar
Aslbek
Guest
Aslbek

Gap yo bowida a harfi yollar ucun bamisoli fundament vazifasini utaydi lekin cratordan wuni iltimos qilaman yanada soddaro qilib cuntiring