Apostil haqida

Image result for apostille haqida
Hozirda ko’pgina davlatlarga o’qishga hujjat tayyorlaganda diplom va ilovani apostil qildirishni so’rashadi. Ho’sh apsotil o’zi nima? Uni qayerda qo’ydirish mumkin?
Apostil — hujjatni imzolagan sifatida ish ko‘rgan shaxsning imzosi haqiqiyligini va hujjatni tasdiqlagan muhr yoki shtamp bosma izi haqiqiyligini tasdiqlaydigan Konvensiya (Gaaga, 1961 yil 5 oktyabr)ga muvofiq rasmiy hujjatga chet elda foydalanish maqsadida qo‘yiladigan maxsus shtamp.

Ta’lim muassassalaridan chiqadigan hujjatlarga apostil qo’yish Davlat Test Markazi tomonidan amalga oshiriladi. Apostil qo’ydirish uchun:
1. DTMga tashrif buyurish orqali
2. Biror vakolatli firmaga murojaat qilish orqali
3. Yagona Interaktiv Davlat xizmatlari portali y’ani, my.gov.uz da onlayn hujjat toshirish orqali

Qanday hujjatlar talab etiladi?

Rasmiy hujjatga apostil qo‘yish to‘g‘risida ariza;
Ariza beruvchining va hujjat egasining shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nusxasi;
Xorijiy davlat — Konvensiya qatnashchisi hududida foydalaniladigan rasmiy hujjat (diplom, shahodatnoma va boshqalar);
Apostil qo‘yilganligi uchun yig‘im to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat ya’ni kvitansiya (eng kam ish haqining 10%i ya’ni 17 240 so’m);
Rasmiy hajjatning notarial tasdiqlangan nusxasi;

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish:

my.gov.uz saytida ro’yxatdan o’tishingiz
Xizmatlar orasidan “Taʻlim, fan va oʻquv muassasalaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish uchun arizalarni rasmiylashtirish” xizmatini tanlab, so’ralgan hujjatlarning elektron nusxasini yuborishingiz kerak.
Yuborishdan oldin online arizangizga elektron raqamli imzo  (ERI) * chekilgan bo’lishi kerak. Aks, xolda arizangiz haqiqiy hisoblanmaydi.
Yuborgan arizangiz holatini mening arizalarim bo’limidan kuzatib borishingiz mumkin.
Hujjatlariningizning elektron nusxasi ko’rib chiqilgandan so’ng, hujjatlagingzini asl nusxasi va notarial tasdiqlangan nusxalari bilan DTMga tashrif buyurib, o’sha kunning o’zida apostil qo’ydirib olishingiz mumkin.

* ERI olish uchun sizga yaqin bo’lgan Davlat Soliq Idorasiga murojaat qilishingiz kerak. ERI uchun to’lov eng kam ish haqining 10%ini tashkil etadi. STIR (INN) va fleshka olishni unutmang.

Apostil tan olinadigan mamlakatlar (ingliz tilida)

Ma’lumotlar qisman dtm.uz, gov.uz saytlaridan olingan.

Do'stlaringizga ulashing:
avatar
1 Comment threads
0 Thread replies
0 Followers
 
Most reacted comment
Hottest comment thread
1 Comment authors
Zarina Recent comment authors
Zarina
Guest
Zarina

Apostil qayerdan olsak boladi