CEFR bo’yicha dolzarb savollarga javoblar

Assalomu alaykum hurmatli mushtariy! Ushbu sahifada Milliy sertifikat (xalq tilida CEFR) bo’yicha eng ko’p beriladigan savollarni jamlab ularga qo’ldan kelgancha javob berishga harakt qildim! Umid qilamanki siz uchun ozgina bo’lsa ham foydali bo’ladi.

1. CEFR (til bilish darajasini aniqlash) imtihoni nima va u qanday imtiyozlarni beradi?
Daraja aniqlash sertifikati quyidagi imtiyozlarni taqdim etadi:
A2 – Akademik litsey, kollej uchun bo’ladigan imtihonlarda chet tili imtihonidan ozod etib maksimal ball beradi.
B1 – OTM uchun bo’ladigan imtihonda cheti tili imtihonidan ozod etib chet tili fani 2nchi yoki 3nchi blok bo’lgan yo’nalishlarga maksimall ball beradi. VM 13.05.2019 yildagi 395-sonli qaroriga ko’ra, keyingi o’quv yilidan (2020-2021 o’quv yili) Ushbu imtiyoz uchun faqat B2 sertifikati amal qiladi.
B2 – OTM uchun bo’ladigan imtihonda cheti tili imtihonidan ozod etib chet tili fani nechanchi blok bo’lishidan qat’iy nazar barcha yo’nalishlarga maksimall ball beradi. Undan tashqari magistratura uchun bo’ladigan imtihonda ham chet tili imtihonidan ozod etib maksimal ball berishi ko’zda tutilgan.
IELTS dan tegishli baldagi sertifikat ham ushbu imtiyozlarni taqdim etadi.

2. CEFR qachon topshirsam bo’ladi? 

Ushbu imtihonni aynan yilda necha maritaba o’tkazilishi va qachon o’tkazilishi haqida aniq ma’lumotlar berilmagan. Lekin asosan yilda 2 marta o’tkazilib kelinmoqda. Birinchisi o’quv yilining boshi ya’ni sentyabr-oktyabr oylariga tog’ri kelsa keyingi imtihon aprel-may oylarida o’tkazilmoqda. Ro’yxatdan o’tish nsfla.uz sayti orqali amalga oshiriladi va faqatgina imtihondan biroz vaqt oldin ochiq bo’ladi. Qolgan vaqtlarda ro’yxatdan o’tish imkoni yo’q.

3. Men IELTS yoki TOEFL olsam CEFR o’rniga o’tadimi?

Ha o’tadi. Vazirlar Mahkamasining 13.05.2019 yildagi 395-sonli qaroriga asosan, OTMlarga imtihon topshirganda, IELTS, TOEFL kabi xalqaro sertifikatlar ham tan olinadi. Unga ko’ra IELTS 4.5-5.0 yoki TOEFL IBT 42 = B1 darajasiga teng bo’lsa IELTS 5.5-6.5 yoki TOEFL IBT 72= B2 darajasidagi imtiyozlarni beradi.

4. 2018-yil oktyabrda olingan B1 sertifikatlari 1-blok uchun maksimal ball beradimi? Yoki ular endi o’tmaydimi?

Ha o’tadi va maksimal ball beradi.  Vazirlar Mahkamasining 13.05.2019 yildagi 395-sonli qarorida quyidagi band mavjud:

«2019 yilga qadar DTM tomonidan berilgan milliy sertifikatning imtiyozi uning amal qilish muddati davrida saqlanib qoladi».

5. CEFR B1 2018-da olingan boʻlsa, 1-blokka yoki yuridik universitetga o’tadimi?

Ha, o’tadi. Chunki o’tgan yili B1 sertifikat olganlar Yuridika universitetda ham imtiyozga ega bo’lgan va maksimal ball olgan edi. Demak, VM Qaroridan kelib chiqib xulosa qilsak, ularning imtiyozi 1-blok uchun ham, TDYU uchun ham saqlab qolinadi. Manba 👉 https://t.me/xushnudbek/2286

6. O’zbekistonda olgan CEFR (chet tillarini bilish darajasi sertifikati) boshqa davlatlarga o’tadimi?

Yo’q DTM tomonidan beriladigan chet tillarini bilish darajasi sertifikati O’zbekistondan boshqa davlatga o’tmaydi.

7. OTM ga imtihon topshirishda sertifikati borlar alohida topshiradimi?

Ha, sertifikati borlar uchun alohida xona ajratilib ular faqat 2ta fan bo’yicha imtihon topshiradi va ularga 2 soat vaqt beriladi.

© Hasanboy Rasulov

P.S. Bu yerda CEFR deyilganda, DTM tomonidan o’tkaziladigan chet tillarini bilish darajasi sertifikati nazarda tutilgan. 

Do'stlaringizga ulashing:

Leave a Reply

Your email address will not be published.