Chet tilini bilish darajasi testi 13-14-fevralda o’tkaziladi

Abituriyentlarimiz uchun uzoq kutilgan yangilik!
Chet tilini bilish darajasini aniqlash va davlat namunasidagi malaka sertifikat olish uchun navbatdagi test sinovi 2018 yil 13-14 fevralda o‘tkaziladi!

Test sinovidan o‘tish uchun hujjatlar 4 yanvardan boshlab qabul qilinadi. Hujjatlarni ohirgi qabul qilish kuni – 26 yanvar.

Testga ro’yxatdan o’tish uchun nsfla.uz saytiga kiring va “Online ariza” bo’limida “Chet tilini bilish darajasi testi” ga kiring.
Ro’yxatdan o’tish tartibi
Chet tilini bilish va egallash darajasi bo’yicha malaka sertifikati olish uchun imtihonga ro’yxatdan o’tish tartibi:
1. On-line arizani to’ldiring. To’ldirigan arizangizning pdf formatdagi nusxasi arizada ko’rsatgan elektron pochtangizga yuboriladi.
2. Elektron pochtangizdan pdf formatdagi arizangiz nusxasini yuklab oling va printerdan chiqaring.
3. Istalgan bank bo’limidan DTM hisob raqamiga eng kam ish haqining 1.5 baravari miqdorida to’lovni to’lang.
4. Quyidagi hujjatlarni DTMga pochta orqali yuboring yoki shaxsan olib keling:
– To’ldirilgan ariza nusxasi (pdf formatda pochtangizga yuborilgan arizani chiqaring va qo’l qo’ying);
– Eng kam ish haqining 1.5 baravari miqdorida to’lovni to’laganligingiz haqida kvitansiya nusxasi yoki to’lov topshiriqnomasi;
– Pasportingiz nusxasi;
– 3.5 * 4.5 o’lchamdagi fotosuratingiz (1 dona)*;
*Izox: Rasm hujjat talablariga mos kelishi kerak.
– 3.5 *4.5 o’lchamdagi fotosuratingizning CD diskga yozilgan elektron nusxasi;
– hujjatlar uchun jild.
DTM manzili: 100202, Toshkent shahri, Bog’ishamol ko`chasi, 12-uy.

1 dekabrdan 2017y. sertifikat uchun to’lov – 258 360 so’m

Do'stlaringizga ulashing:
avatar
8 Comment threads
0 Thread replies
0 Followers
 
Most reacted comment
Hottest comment thread
6 Comment authors
JaxongirFarruxSHahzodIslomHasanboy Rasulov Recent comment authors
Jaxongir
Guest
Jaxongir

B1 darajasi bekor qilindi deb eshitdim . Endi b2darajasini olganlarga sertifikat berilar ekan shu rostmi. Javob uchun oldindan rahmat

Farrux
Guest
Farrux

Sayt juda zoʻr. Raxmat shunaqa maʼlumotlarni joylashtirganila uchun.

SHahzod
Guest
SHahzod

ona tili fanidan testlar bomi

Islom
Guest
Islom

Ijodiy imtihonda chet tilidan imtixonda ham bu sertifikat tasir qiladimi

Islom
Guest
Islom

Fhjjk

Islom
Guest
Islom

Ielts ham bu sertifikatni o’rniga o’tadimi

barno
Guest
barno

assalomu aleykum sizga bir savolim bor edi men ham b1 imtihoniga hujjat topshirmoqchidim lekin ma’lum sabablarga ko’ra ro’yhatdan o’ta olmadim Keyingi imtihon qaysi sanada bo’lib o’tadi?