Grin karta lottoreyasi haqida

Image result for green card lottery
Green card (ingliz tilidan. Yashil karta) – Bu bir davlat fuqaroligidan chiqib ketmasdan turib Amerikada doimiy qolib ishlash va yashash huquqini beruvchi maxsus viza. Ushbu vizaga ega bo’lishning eng keng tarqalgan usuli bu lottoreya orqali ega bo’lishdir. Har yili Amerika davlati tomonidan o’tkaziladigan ushbu lottoreya dasturida asosida 50 ming kishi Amerikaga qabul qilinadi. Har bir davlatdan umumiy soni 50 ming odam qabul qilingandan so’ng ushbu mamlakat uchun lottoreya dasturi to’xtatiladi.  O’zbekiston 1996-yildan beri ushbu lotoreyada ishtirok etib keladi. Hozirgi davrga kelib O’zbekiston uchun har yili 4-5 ming o’rin ajratiladi. Taxminiy ma’lumotlarga qaraganda O’zbekistondan har yili 1 millionga yaqin anketa topshiriladi. Bulardan kompyuter tomonidan 4-5 mingtasi tanlanib olinadi.

Anketa topshirish

Odatda anketa to’dirish har yili 3-oktyabrdan 3-noyabrgacha davom etadi. Anketa natijasi esa May oyining boshida e’lon qilinadi. Anketa to’ldirish mutlaqo bepul. Buning uchun lotoreya dasturining rasmiy sayti dvlottery.state.gov saytiga kirib ma’lumotlaringizni to’ldirishingiz kerak. Anketa to’ldirish uchun esa shaxsiy ma’lumotlaringiz va suratingiz kifoya qiladi. Hozirda ko’plab firma va turli xil shaxslar har xil narx evaziga grin karta uchun anketa to’ldirib berishni taklif qilishadi. Anketa ular orqali to’ldirilganda yutuq chiqish ehtimoli katta bo’lishini, ularni bu sohada tajribasi kattaligini, yutuq chiqadigan qilib rasmga tushirib qo’yishini iddao qilishadi. Lekin bular hammasi aldovlardan boshqa narsa emas. Hattoki lotoreya rasmiy saytida ham anketani o’zingiz to’ldirishingiz tavsiya etilgan. Bunda hammaning imkoniyati bir xil bo’lib, g’olib mutlaqo tasodifiy holatda kompyuter tomonidan tanlanadi. Unga rasm ham, ma’lumotlar ham, yosh, jins va hattoki viloyat ham ahamiyatsiz.
Anketa to’ldirish vaqtida ma’lumotlaringiz tog’ri bo’lishi kerak. Yolg’on ma’lumotlar aniqlangan taqdirda yutuq chiqqandan so’ng yutug’ingiz bekor qilinadi. Aynan shu kabi sabablarni deb sal kam yutuq chiqqanlarning yarmi viza ololmaydi. Misol uchun internet ma’lumotlariga ko’ra,  2014 yilgi lottoreya dasturida O’zbekistondan  5019ta yutuq chiqqanlardan 3019tasi, 2015-yilda 4368tadan 2520tasigina viza olishga muvaffaq bo’lgan. Qolganlari turli sabablarga ko’ra rad javobi olgan. Shuning uchun ma’lumot kiritayotganda e’tiborli bo’lishingiz talab etiladi. Yutuq chiqib lekin viza olomagan taqdiringizda esa viza uchun sarflangan harajatlar qaytarilmaydi.
Dasturda muvaffaqiyatli tanlanganingiz sizga viza olish uchun kafolat bo’lmaydi.
Muvaffaqilyatli viza olgan taqdiringizda bu shunchaki mamlakatda qonuniy ishlash va istiqomat qilishingizni ta’minlaydi xolos. Sizga davlat tomonidan uy-joy, ish berilmaydi. Viza, chipta va yashash harajatlari to’liq o’zingiz tomoningizdan qoplanishi kerak.
Anketa to’ldirmoqchi bo’lganlarga omad tilayman. Har qanday savollar bo’lsa izoh qoldiring. Qo’ldan kelgancha javob berishga harakat qilaman!

Do'stlaringizga ulashing:
avatar
8 Comment threads
4 Thread replies
0 Followers
 
Most reacted comment
Hottest comment thread
8 Comment authors
РусланBoburjonHasanboy RasulovМухлисаAkobir Recent comment authors
Руслан
Guest
Руслан

Салом мен латерейага анкета топширдим муофакйатли отдим лекин айолимни малумотини толдирмадим озим бормокчиман нима бу анкета отадими йоки бошка толдирайми

Boburjon
Guest
Boburjon

Assalomu alaykum, uzr, bu yilgi talablarda sal o’zgarish sezdim. Qanaqadir ikki yillik stajga deyilgan ekan, shunga to’liqroq izoh berib yuboring, iltimos, javob uchun oldindan katta rahmat.

Мухлиса
Guest
Мухлиса

Салом. Агар грин картадан ютса уй жой иш билан таъминланади дейишадию бу ёлгонми унда? Хаммадан шу савол уйлантиради. Олдиндан жавобингиз учун рахмат

Akobir
Guest
Akobir

Salom. Man green card yutgan oilaning qiziga uylansam keta olamanmi. U qiz ham amerikada ota onasi bilan. Iltimos wunga aniq javob izlayotgandim

Mirjakhon Arolov
Guest
Mirjakhon Arolov

Hasanboy aka. Matnni boshida greencard amerikada doimiy qolish va ishlash uchun visa deb yozgansiz. Haqiqatdan ham greencardni amal qilish muddati cheklanmaganmi? Javob uchun oldindan rahmat

Davronov Salimbek
Guest
Davronov Salimbek

Hozirda green card mavjudmi?

nihon
Guest
nihon

salom.demak green card yutib olgan taqdirda ham Amerikada turar joy bilan taminlaydi ekanda.unda yutib olganlar uyoqda birorta tanishi bulishi kerakmi borish uchun joy kerakku axir