IELTS haqida (umumiy ma’lumot)

IELTS so’zining kengaytmasi International English Language Testing System bo’lib o’zbekchaga so’zma-so’z tarjima qilinganda Xalqaro Ingliz tilini O’lchash Tizimi ma’nosini anglatadi. Ya’ni ingliz tilini qay darajada bilishimizni aniqlab beradi. IELTSda baholash 0 dan 9 gacha bo’ladi. Bunda 0 eng yomon natija bo’lsa, 9 eng yaxshi natija. Imtixon topshirgandan so’ng natijangizga qarab sertifikat beriladi. Ushbu sertifikat bilan chet el va o’zimizning oliygohlarga oliygoh qoidalariga ko’ra imtixonsiz yoki imtixon asosida tahsil olishingiz mumkin. Ko’pgina oliygohlar bakalavr yo’nalishlari uchun eng kami 5 so’rashsa magistratura uchun 6 so’rashadi. IELTSning ikki moduli bor. Academic va General. Academic moduli ko’proq ta’lim olishni niyat qilgan talabalar uchun bo’lsa, General Moduli immigratsiya va ish topish maqsadida topshiriladi. Bu ikki modulda ham 4 ta bo’lim mavjud bo’lib, ular: Listening(Eshitish), Reading(O’qish), Writing(Yozish) va Speaking(Gapirish). Listening, Reading va Writing imtixonlari bir paytda olinadi. Speaking esa odatda 2-3 kun oldin yoki keyin bo’ladi. Listening uchun 40ta savol va 40 daqiqa vaqt ajratiladi undan 10 daqiqasi javoblarni varoqqa ko’chirish uchun ajratilgan. Audio faqat bir marta qo’yiladi.  Reading ham 40ta savoldan iborat va 60 daqiqa ajratiladi. Writing 2ta Task (Topshiriq)dan iborat. Task 1 ga 20 daqiqa, Task 2 ga esa 40 daqiqa ja’mi 60 daqiqa ajratiladi. Bu uch imtixon bir paytda ketma-ket bo’lib o’tadi. Speaking uchun umumiy 15 daqiqa belgilangan.

Qayerda IELTS topshirsam bo’ladi?

IELTS imtixoni deyarli har oyda ikki marta Toshkent shaxrining Amir Temur ko’chasi 107B uy (Xaqaro Biznes Markazi binosi)da bo’lib o’tadi.

IELTS imtixoniga ro’yxatdan o’tish to’g’risida ma’lumot qayerdan olsam bo’ladi?

Test Markaziga tashrif buyurib yoki British Council Uzbekistanning rasmiy veb sayti orqali ro’yxatdan o’tishingiz va to’liq ma’lumot olishingiz mumkin.

Imtixonga kamida 2-3 oy oldin ro’yxatdan o’tib qo’yishingizni tavsiya qilaman. Hozirda test topshiruvchilar soni juda ham ko’pligi bois ba’zan keyingi 3 oy to’liq band bo’lib qolishi mumkin.

Imtixon topshirish qancha turadi?

2017-yil Oktyabr holatiga ko’ra ro’yxatdan o’tish 1,296,000 so’m.

Sertifikat qancha muddatgacha yaroqli hisoblanadi? 

Sertifikat muddati test topshirgan kuningizdan boshlab 2 yil.

 

Do'stlaringizga ulashing:
avatar
7 Comment threads
2 Thread replies
0 Followers
 
Most reacted comment
Hottest comment thread
8 Comment authors
AsrorbekFoziljonParvinasevaraFarrux Recent comment authors
Asrorbek
Guest
Asrorbek

Salom Hasanboy aka sz bn telegram orqali qande boglansam boladi???

Foziljon
Guest
Foziljon

Salom agar ielts sertifokatni olasam amerikada unverstetlarga imthonsiz kira olamanmi

Parvina
Guest
Parvina

Assalom Hasan aka.Meni IELTS topshirib Koreada Grand o’qish niyatim bor. Hozir 9-sinf o’quvchisiman.2 yilda IELTS ni yaxshi o’zlashtira olamanmi? Yoki tarix va ona tili o’qib Jaxon tillari universitetiga topshiraveraymi? Qaysini maslaxat berasiz?Menga CEFR haqida ham malumot bersangiz. Rahmat!

sevara
Guest
sevara

imtihon biletlari uchun raxmat!men ham ingliz tili fanini urganyapman jahon tillari universitetiga topshirmoqchiman albatta grand asosida kiraman deb oylay man xudo xohlasa!!!

Farrux
Guest
Farrux

Salom Ielts sertifikatim bor Uzbekistonning jahon tillar institutiga topwirmoqchiman ingliz tili testidan ozod etilamanmi yoki B2 Ielts sertifikatim yetarli buladimmi javob u.n oldindan rahmat

Hasanboy Rasulov
Admin

Telegramdan bog’laning

Nodirek
Guest
Nodirek

aka men Nodirbekman iltimos javoblarni tezroq bering online bo’lsa yaxshi bo’lardi sizdan so’raydigan narsalarim juda juda ko’p

Hasanboy Rasulov
Admin

Raxmat Shuxrat!

Shuhratbek
Guest
Shuhratbek

Do’stim, qutlug’ bo’lsin! Yaxshi kunlarga nasib qilsin.