Ingliz tili darslarida qiziqarli o’yinlar

Ingliz tili fanini o’qitishda turli xil o’yinlar orqali o’rgatishning o’rni beqiyosdir. Dars davomida har xil o’yinlar o’ynatib turish sinfda fanni o’rganishga bo’lgan ishtiyoqni yanada oshiradi, passive o’quvchilarni ham darslarda yaxshiroq qatnashishga undaydi, sinfda o’quvchilar o’rtasida raqobat, ayni paytda jamoadoshlik muhitini  hosil qiladi. Shuningdek, o’quvchilarning ustozlariga bo’lgan hurmatini oshiradi. Quyida Sizga ingliz tili darslari davomida o’qitish samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiluvchi o’yinlarni taqdim etiladi.

Last Man Standing (Oxirgi qolgan odam)

Bu o’yin tezkor o’yin hisoblanadi. Lekin O’quvchilarga o’ylash uchun biroz vaqt beradi. Bu o’yin birgalikda o’rganishga undaydi, ya’ni boshqa o’quvchilar so’zlayotganida qolgan o’quvchilar o’zlari so’z o’ylayotgan bo’lishadi. O’yinni o’ynash uchun sizga kopto’kcha kerak bo’ladi. Va hamma o’quvchilar doira shaklida turib olishlari kerak. Birorta mavzu tanlashingiz kerak bo’ladi. Masalan: Things found in a kitchen (oshxonada topiladigan buyumlar), food, profession va hokazo.

Biror o’quvchiga to’pni uloqtirish orqali o’yin boshlanadi. O’sha o’quvchi mavzuga doir biror inglizcha so’z aytadi va to’pni keying o’quvchiga uloqtiradi. To’pni qabul qilgan har bir o’quvchi shu mavzuga doir biror so’z aytishi kerak bo’ladi. Agar ular aytilgan so’zlarni qayta aytsa yoki bir necha soniya ichida so’z topa olmasa, ular o’yindan chiqadi va o’yinni o’tirgan holda kuzatadi. Havotir olmang, ular baribir o’rganayotgan bo’ladi.

Bu o’yin biroz boshqacharoq qilib o’zgartirsangiz ham bo’ladi. Biror mavzuga so’z aytish o’rniga, har bir o’quvchi keyingi o’quvchiga biror boshqa mavzu aytishi mumkin. Masalan, siz “say something red” (biror qizil narsani ayting) deb o’yinni boshlashingiz mumkin. Kopto’kni ushlab olgan birinchi o’quvchi “strawberry” deb keyin o’zi biror mavzu tanlab ko’ptokni boshqasiga uloqtirishi mumkin. Bu o’yinni biroz murakkablashtiradi, sababi o’quvchi biror so’z haqida o’ylashidan oldin, qaysi mavzuga doir so’z o’ylashi kerakligini ham bilishi lozim.

Pictionary

Ko’pchilik ingliz tilida so’zlashuvchilar Pictionary, rasm chizish o’yini bilan yaxshi tanish.
Rasm chizish maqsadi uchun siz oddiy doska yoki oq magnit doskadan foydalanishingiz mumkin. Sinfni 2 guruhga bo’lib oling va har bir jamoa uchun doskadaning bir tomonida jadval chizing. Siz jamoalarning ballarini shu yerga yozib borasiz. A jamoadan bir kishi chiqadi. Va ko’pgina teskari o’girilgan so’zlardan bittasini tanlaydi va shu so’zni doskaga chizib beradi. Va boshqalar topishi kerak bo’ladi. So’zni birinchi bo’lib to’g’ri topgan jamoaga ball beriladi. 10 ball olgan jamoa g’olib hisoblanadi.

Charades

Картинки по запросу esl games throwing ball

Charades o’yini Pictionary o’yiniga o’xshash lekin asosiy farqi bunda so’z ifodalash uchun rasm emas harakatlardan foydalaniladi. Bu o’yin o’quvchilariz sust, zerikkan va uyqusi kelgan vaqtlarda juda qo’l keladi. Ularni uyg’oting va harakatlantiring!
O’quvchilar tanlashi uchun bir necha to’rtburchak qilib qirqilgan qog’ozlarga so’zlar yozing. Fe’llarni ifodalash ancha oson. Lekin siz biroz murakkabroq, shunday bo’lsada hamma o’quvchilar biladigan so’zlardan foydalanishingiz mumkin.
Sinfni ikki jamoaga bo’ling. Va har bir jamoadan bir o’quvchi so’z yozilgan qog’ozni tanlaydi va harakat bilan ifodalab beradi. Jamoadagilar esa uch daqiqa ichida o’sha so’zni topishi kerak bo’ladi. Har bir to’gri javob uchun, bir ball beriladi. 10 ball jamlagan jamoa g’olib hisoblanadi.

Taboo words (Ta’qiqlangan so’zlar)

Картинки по запросу taboo words

Taboo words o’quvchilarga sinonim so’zlar va so’zlarni tariflarini qo’llashga yordam beradi. Sinfni ikkiga bo’linadi va jamoalar bir birlariga qarama-qarshi holda o’tiradilar. Har bir jamoa o’z jamoasidan bir kishini ro’parasidagi stulga o’tirish uchun tanlaydi. O’qituvchi esa o’quvchilar ortiga o’tib turadi va katta qog’ozda yozilgan so’z ushlab turadi. O’rindiqda o’tirgan o’quvchilar bu so’zni ko’ra olmasligi kerak bo’ladi.
Jamoaning o’rindiqda o’tirgan a’zosiga siz ushlab turgan so’zni ayttirish uchun 3 daqiqa vaqti bo’ladi. Eng asosiysi ular shu so’zni nima bo’lganda ham ishlatmasligi kerak bo’ladi.
Katta sinflarda o’ynatish uchun maslahat. Agar sizning sinfingizda 12tadan ko’p o’quvchi bo’lsa, bu o’yin davomida biroz shovqin-suron, tartibsizlik bo’lishi mumkin. Bu holatda, hammani 5-6 talik kichik guruhlarga bo’lib faqat navbati kelganda qatnashadigan qilsangiz bo’ladi.

20 Objects (20 Buyumlar)

Bir vaqtning o’zida ushbu o’yin orqali o’quvchilaringizni xotirasini va so’z boyligini tekshiring. Sizga faqatgina doska va 20ta sinf xonada joylashgan buyumlar kerak bo’ladi. Siz hattoki o’zingizning sumkangiz yoki yoningizdagi buyumlaringizdan foydalanishingiz mumkin.
Buyumlarni hammasini stol ustiga qo’yib chiqing va o’quvchilaringizni hammasini chaqirib ularga qarashlarini ayting. Keyin hamma buyumlarni bir daqiqadan keyin qog’oz (yoki shunga o’xshash biror narsa) bilan yoping. Hamma o’quvchilaringizdan joylariga qaytib bir varoq qog’ozga eslab qolgan buyumlarini ingliz tilida yozishlarini so’rang. Hamma tugatganidan so’ng esa buyumlar ro’yxatini doskaga yozing va o’quvchilardan o’zlarini tekshirishlarini so’rang. Muqobil variant sifatida so’zlarni birma-bir o’qib berib tog’ri topganlarini belgilab borishlarini so’rashingiz mumkin.

Categories (Kategoriyalar)

Картинки по запросу categories game

O’quvchilar bu o’yinni bir marta o’ynaganlaridan keyin har safar yana o’ynashlarini iltimos qiladigan bo’lib qoladi! Yana bu o’yin ortib qolgan daqiqalardan unumli foydalanish uchun ajoyib usul.
Har bir o’quvchingizga qog’ozga 6ta ustun chizishlarini so’rang. Siz kategoriya (so’z uchun mavzu)ni oxirgi o’tilgan mavzulardan tanlashingiz mumkin. Eng ko’p qo’llaniladigan kategoriyalar oziq-ovqat, ismlar, shaharlar yoki davlatlar, mebellar yoki jihozlar, ish harakat yoki kiyimlar hisoblanadi.
Biror istalgan harfni tanlang va uni doskaga yozing. O’sha harf bilan boshlanuvchi so’zlarni ustunlarga yozib chiqishlari uchun o’quvchilaringizga biroz vaqt bering. Siz boshqa harflar bilan o’yinni istalgancha qaytadan boshlashingiz mumkin.

Letter Scramble (Tartibsiz harflar)

Картинки по запросу letter scramble game

O’quvchilaringiz oxirgi marta o’rgangan so’zlarni ro’yxatini tuzing. Va biror so’zni harflarini chalkashtirib doskaga yozing. O’quvchilaringizga harflarni tog’ri tartibda qo’yib berilgan so’zni topishiga biroz vaqt bering. Kim birinchi bo’lib so’zni topa olsa o’sha o’quvchi g’olib bo’ladi.

What Am I Thinking Of? (Men nima haqida o’ylayapman?)

O’quvchilarni juftliklarga ajratib chiqing. Har bir o’quvchi bir varoq qog’ozga biror buyumni tasvirlab 5-10ta so’z yozishi kerak bo’ladi. Qachonki vaqt tugaganida, o’quvchilar varoqlarini almashtirishadi va sherigi nimani tasvirlaganini topishga harakat qiladi. So’zlarni to’gri topgan birinchi jamoa go’lib bo’ladi.

Word Bingo

Картинки по запросу word bingo

Bu o’yinni o’ynatish uchun biroz tayyorgarlik ko’rishingizga tog’ri keladi, lekin bu shunga arziydi. 4×4 shaklda bingo qog’ozlarini tayyorlang va har bir katagiga so’zlar yozing. Bularni o’quvchilarga tarqating (har biri takrorlanmas bo’lishi kerak) va siz so’zlarni o’qib berganizda o’quvchilar bor so’zlarni belgilashlari kerak. Butun sahifadagi so’zlarni birinchi belgilagan o’quvchi g’olib bo’ladi.

Bingo o’yinining ba’zi turlari bor.

Rasmli  Bingo: Bingo kartasida rasmlardan foydalaning va o’sha rasmlarga oid bo’lgan so’zlarni o’qing.

Sinonim Bingo: Bingo kartasidagi ma’nodosh so’zlarni aytish orqali o’quvchilaringizni o’ylashga majbur qiling.

Antonim Bingo: Bu ham sinonim kabi faqat o’quvchilar ma’nodosh emas, teskari ma’noli so’zlarni qidirishi kerak bo’ladi.

Ushbu o’yinlarni sinfingizga qo”lab ko’ring va qay biri qanday natija berganini albatta yozib qoldiring. Sizning fikringiz bizning keyingi izlanishlarimiz uchun muhim. Agar siz ham biror qiziqarli o’yin yoki metod bilsangiz yozib qoldiring. O’z tajribangizni boshqalar bilan bo’lishing!

 

Do'stlaringizga ulashing:

18
Izoh qoldiring

avatar
15 Comment threads
3 Thread replies
0 Followers
 
Most reacted comment
Hottest comment thread
16 Comment authors
19840501BlueeyesScientific))Hasanboy Rasulov☆☆☆☆☆☆☆ Recent comment authors
19840501
Guest
19840501

Juda zo‘r saytingizga gap yo‘q

Blueeyes
Guest
Blueeyes

I always use from your net information site thank you much.

Scientific))
Guest
Scientific))

zor ekan

☆☆☆☆☆☆☆
Guest
☆☆☆☆☆☆☆

Salom akademik litsey darsliklarining ham kitoblarini va audiolarini joylay olasizmi

AMIRXON
Guest
AMIRXON

INGLIZ TILIGA QIZIQISHIMNI OSHIRDI

ADSH
Guest
ADSH

Very good

Surayyo
Guest
Surayyo

Juda ham zo‘r o‘yinlar

Kamola
Guest
Kamola

Zo’r o’yinlar*****

Nodira
Guest
Nodira

gap yuq zo’r o’yinlar.

Dilrabo
Guest
Dilrabo

Dars qiziq bulishiga yordam berdi

munish
Guest
munish

Zo’r

jahongir
Guest
jahongir

Rahmat

Go\'zal
Guest
Go\'zal

Rahmat juda ham zo’r ekan! Yuqori sinflarni darsga qiziqtirish uchun nimalar qilsa bo’ladi yana.

KuBo
Guest
KuBo

rahmat juda ham ajoyib sayt ekan)

Hilola
Guest
Hilola

Yana ko’proq o’yinlar namuna bersangiz (boshlang’ich sinflarga)xursand bo’lar edim. Chunki ular mening weak pointim.