Ingliz tilini kinolar ko’rish orqali o’rganish qanchalik foyda beradi?

Media

Ingliz tili biz uchun o’rganish biroz qiyinroq til hisoblanadi. Lekin shunday bo’lsa ham o’rganish turlari juda ham ko’p va turli xil. Shunday usullarning eng samaralilaridan biri bu inglizcha kino, multfilmlar ko’rish orqali o’rganishdir.

Kino, multfilm yoki seriallar ko’rganingizda haqiqiy inglizlarning suhbatlarini eshitish orqali sizda shubhasiz sizda listening rivojlanib boradi. Undan tashqari yangi so’zlar, idiomalar, frazalarga duch kelasiz. Ularni yodlash orqali so’z boyligingiz oshadi va qaysi jumlalarni qanday holatlarda ishlatish kerakligini bilib olasiz. Ushbu so’z va jumlalarni hayotda ham ishlatish orqali sizda speaking o’sib boradi. Demak siz bir vaqtda Listening, Vocabulary, Speaking va qisman grammatikangizni o’stirishingiz mumkin ekan.
Ingliz tilini o’rganishni boshladingizmi, iloji boricha o’zingingizni inglizcha atmosfera bilan o’rab olishingiz kerak. Masalan har kuni ishdan yoki o’qishdan kelib kamida 2-3ta serial, kino, ko’rsatuvlarni ko’rib deyarli 2-3 soat vaqtingizni behuda o’tkazasiz. O’sha vaqtda vaqtingizni serial va kinolarni ingliz tilidagisini tomosha qilib o’tkazsangizchi? Ishonch bilan aytolamanki, 1 yildayoq o’zingizda katta o’zgarish sezasiz.
Mening tavsiyalarimga amal qilib borish orqali esa, ushbu tilni o’z ona tilingizdek o’zlashtirib olasiz.

Nimalar qilish kerak?

1️⃣ Inglizcha kinolarni faqat hordiq chiqarish uchun ko’rmang. Iloji boricha o’sha kinoni ko’rish orqali til o’rganishni ham maqsad qiling.

2️⃣ Kinolarni qayta-qayta ko’ring. Oldin ko’rgan kinoingiz bo’lsa ham ko’ravering. Men bu kinoni ko’rganman bunisi zerikarli yangi kino bo’lsa ko’rardim demang. Qayta ko’rilganda ham samarasi ko’proq bo’ladi.

3️⃣ Yangi so’zlarni yozib boring. Uchragan yangi so’zlar, frazalar va gaplarni bir daftar tutib yozib boring. O’sha so’zlarni yodlab bo’lib kinolarni qaytadan iloji bo’lsa subtitr bilan va so’ng subtitrsiz ko’ring. Yozgan so’zlaringizni amalda qo’llashga harakat qiling.

4️⃣ Kinolarni ko’rib bo’lgandan keyin kino haqida fikrlaringizni yoki voqealar rivojini qisqa qilib diktofonga yozib boring. Va bo’sh vaqtingizda eshitib yuring. Oynaga qarab o’zingizga aytib bersangiz ham self-confidence va speakingga zo’r foydasi bor.

5️⃣ Tushunmasangiz ham, qiynalsangiz ham ko’ravering. Takror-takror, ko’p marta ko’rish orqali o’sha so’zlarni asta-sekin anglab, qulog’ingizni inglizcha so’zlarga moslab borishingizga sabab bo’ladi.

3.3 3 votes
Article Rating
Subscribe
Notify of
guest
0 Comments
Inline Feedbacks
View all comments