Pedagog kadrlar attestatsiyasi jarayonlari yanada soddalashtirildi

Yangiliklar
2019 yilning 13 may sanasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 392-sonli Qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra:

🔸 Pedagog kadrning yozma arizasiga binoan pedagog kadr navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazilishi mumkin. Navbatdan tashqari attestatsiya natijalariga ko‘ra birinchi va ikkinchi malaka toifali pedagoglarga nisbatan salbiy qaror qabul qilinmaydi;

🔸Ilmiy darajaga (fan nomzodi, falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ega bo‘lgan pedagog kadrlar attestatsiyaga jalb etilmaydi. Pensiya yoshida bo‘lgan pedagog kadrlarattestatsiyaga o‘z xohishiga ko‘ra jalb etiladi;

🔸 Attestatsiyaga jalb etilmagan pedagog kadrlarning mavjud malaka toifalari va lavozimlari ta’lim muassasalarida ishlagan davrida saqlanib qoladi;

🔸Suhbat jarayonidan to‘liq voz kechilmoqda;

🔸 Hududiy boshqarmalar va tuman (shahar) komissiyalari tarkibiga Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi vakillari kiritilmoqda;

🔸 Xalq ta’limi boshqarmalari, madaniyat boshqarmalari, jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari hamda oliy ta’lim muassasalari attestatsiya komissiyalari, tuman (shahar) va muassasalar attestatsiya komissiyalari, tasarrufida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar attestatsiya komissiyalari tuziladi.

1 1 vote
Article Rating
Subscribe
Notify of
guest
0 Comments
Inline Feedbacks
View all comments