Qabul 2019: Hujjatlar ro’yxati va topshirish tartibi

Ushbu yildan boshlab, qabul jarayoni vaqtida davlat xizmatlari markazlari 3 smenada, tanaffuslarsiz, tunu kun 24 soat faoliyat yuritadi va abituriyentlardan hujjatlarni qabul qiladi.

Davlat xizmatlari markazlarida quyidagilar uchun hujjatlar qabul QILINMAYDI: magistratura, sirtqi ta’lim, xususiy OTMlar hamda harbiy ta’lim muassasalari. Qolgan hamma OTMlarga hujjatlar qabul qilinadi;

Hujjat topshirish uchun faqat pasport hamda diplom (shahodatnoma) bo‘lsa kifoya. Joriy yildan boshlab tibbiy ma’lumotnoma (086-forma) hamda 3×4 rasm topshirish shart emas!

Hujjatlar qabul qilish 2 bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqich: avvalgi yillarda “o‘qishdan yiqilgan” abiturientlarning hujjatlari 1 maydan 20 iyungacha qabul qilinadi;
2-bosqich: test yilida o‘qishni tugatgan bitiruvchilardan esa 21 iyundan 10 iyulgacha hujjatlar qabul qilinadi;

Hujjatlar olib qolinmaydi!

Joriy yildan boshlab abiturientlar pasporti va diplomining aslini faqat ko‘rsatadi, ro‘yxatdan o‘tib bo‘lgach, hujjatlarini o‘zi bilan qaytarib olib ketadi. Avvalgi yillarga o‘xshab, hujjatlarining aslini qoldirib, o‘qishga kira olmagach, arxivlardan hujjatini qaytarib olish uchun sarson bo‘lmaydi

Navbatda turishni istamagan abiturientlar hujjatlarni onlayn tarzda Yagona portal orqali ham topshirishi mumkin bo‘ladi. Faqat quyidagi toifa abiturientlargina onlayn hujjat topshira olmaydi:
– alohida imtiyozga ega bo‘lgan abiturientlar (ya’ni turli mukofot sohiblari, olimpiada g‘oliblari va h.k.);
– fuqarolik pasporti bo‘lmagan shaxslar (masalan, 16 yoshga to‘lmaganlar);
– fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar.

Davlat xizmatlari markazi orqali hujjat qabul qilish xarajatlarini qoplash uchun abiturientlardan EKIH 10% miqdorida to‘lov undiriladi (bugungi kunda 20 ming 273 so‘m). Bu to‘lov hammadan olinadi va bu to‘lovni oldingi o‘quv yilida bitirganlardan olish taklif etilayotgan EKIH 1 barobari miqdoridagi to‘lov bilan adashtirmaslik kerak.

 

Do'stlaringizga ulashing:
avatar
11 Comment threads
1 Thread replies
0 Followers
 
Most reacted comment
Hottest comment thread
11 Comment authors
Nilufar AlisherovaЗокирAlimardonИсломбекNomozbek Recent comment authors
Nilufar Alisherova
Guest
Nilufar Alisherova

Assalomu aleykum. Hujjat topshirish qachon boshlanadi?

Зокир
Guest
Зокир

Ассаламу алейкум. Мен туркманистон фукорасиман узб отмларига онлине хужжат топшира оламанми. Кайси хужжатлар керак болади жавоб кутаман толовини кандай амалга оширсам болади

Alimardon
Guest
Alimardon

Oldingi yilda yiqilganlar qancha tolov qiladi?

Исломбек
Guest
Исломбек

Москвада туриб ариза топширса буладими??? Жавоб учун олдиндан катта рахмать

Nomozbek
Guest
Nomozbek

Men oʻtgan yili yiqilganman 202min toʻlov qilamanmi bu yil qabulga tushunmayapman shunii

Azizbek
Guest
Azizbek

besh yillik sirtqi bolimga staj kerak emasmi

Sodush
Guest
Sodush

qabul 2019 cqmadiyu xaligaca

Alisher
Guest
Alisher

EKIH ning 1 barobari 202ming tõlovni qayerda qandey tartibda tõlanadi

Sodush
Guest
Sodush

avalki abiturientlargayam bepul qlw kerak nma endi oddiy oilani bollari oqiwga topwrolmidmi tem boli 3tagaca diyilgan maksimum bunda 600mingdanam ziyod bob ketadiyu

Jahongir7
Guest
Jahongir7

E gap yoooo mana buni rivojlanish desa buladiiii ….

OG'ABEK
Guest
OG'ABEK

ariza bergan kuni test qachon bolishini bilib boladimi