Sirdaryoda o’tayotgan pedagoglar uchun test jarayoni haqida

Foydalanuvchilarimizning qiziqishlari yuqori bo‘lganligi uchun ushbu kunlarda (10-oktyabr 2019-yil holatiga) Sirdaryodagi o‘qituvchilar va Xalq ta’limi xodimlari topshirayotgan test jarayoni haqida yana bir ma’lumot bermoqchimiz.

1. Test sinovlari abituriyentlar o‘tadigan kabi katta pavilonda o‘tmoqda. Nazoratchilar, kameralar… xammasi avgustdagi sinovlar kabi.

2. Test sinovlari grafik asosida 3 smenada o‘tkazilmoqda va har bir smenaga 600 nafar o‘qituvchilar qamrab olinishi belgilangan.

3. O‘qituvchilar o‘z fanidan 30 ta, ona tilidan 20 ta test topshirmoqdalar.

4. O‘qituvchilar o‘z fanidan insho yozmoqdalar. Insholarni yozish uchun 3 soatgacha vaqt berilmoqda (yozishni tugatmaganlarga qo‘shimcha 1 soat vaqt berilishi ham mumkin). Insholar bo‘yicha kanalimizda qo‘shimcha ma’lumot beramiz.

5. Eng asosiysi ushbu testlardan maqsad pedagoglarni kamsitish emas, balki ular qiynalgan mavzu bo‘yicha amaliy yordam berish, O‘zbekiston Xalq ta’lim tizimidagi muammolarni bartaraf etishdan iborat.

Do'stlaringizga ulashing:

Leave a Reply

Your email address will not be published.