Ustama uchun test sinovini o‘tkazish tartibi

O`qituvchilarga

Chet tili fanidan faoliyat yuritayotgan pedagoglarning bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovining o‘tkazish tartibi

Ta’lim muassasasida chet tili fanidan faoliyat yuritayotgan pedagoglarning bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun o‘tkaziladigan topshiriqlari quyidagi bo‘limlardan iborat:

 – chet tilini o‘qitish metodikasi bo‘limi – ta’lim muassasasida pedagogik faoliyat yuritish uchun zarur nazariy bilimlarni tekshiradi;

– tinglab tushunish bo‘limi – og‘zaki nutqni tushunish, eshittirilgan matnning asosiy mazmuni va so‘ralgan maxsus ma’lumotlarni anglay olishni tekshiradi;

– o‘qish bo‘limi – yarim-autentik va autentik matnlarning asosiy mazmuni va so‘ralgan maxsus ma’lumotlarni anglab olishni tekshiradi;

– leksik va grammatik kompetensiyalar bo‘limi – tegishli grammatik tuzilmalarni va so‘zlarni farqlash va to‘g‘ri qo‘llay olishni aniqlaydi;

– yozish bo‘limi – berilgan mavzular bo‘yicha tegishli grammatik tuzilmalar va so‘zlarni to‘g‘ri ishlatgan holda yaxlit matnlar yoza olishni tekshiradi;

– gapirish bo‘limi – tegishli grammatik tuzilmalar va so‘zlarni to‘g‘ri ishlatgan holda savollarga javob berish, berilgan mavzu bo‘yicha o‘z fikrini bildirish va dalillar keltirish ko‘nikmasini tekshiradi.

Test sinovi topshiriqlari Davlat test markazi tomonidan amaldagi davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuziladi.

Chet tilini o‘qitish metodikasi, o‘qish, tinglab tushunish, leksik va grammatik kompetensiyalar bo‘yicha savollar majmuasi har bir bo‘limda 30 ta savoldan, yozish bo‘limi 2 ta topshiriqdan (1-topshiriq kamida 150 ta so‘z hajmida, 2-topshiriq – 250 ta so‘z hajmida), gapirish bo‘limi 3 ta turdagi topshiriqlardan (talabgor o‘zi haqidagi savollarga javob beradi, berilgan muammoli vaziyatlarni izohlaydi va ularga nisbatan o‘z munosabatini bildiradi) iboratdir.

Chet tilini o‘qitish metodikasi bo‘limidagi topshiriqlarni bajarish va belgilashga 45 daqiqa, o‘qish bo‘limidagi topshiriqlarni bazharish va belgilashga 75 daqiqa, tinglab tushunish bo‘limidagi topshiriqlarni bajarish va belgilashga 35 daqiqa, leksik va grammatik kompetensijalar bo‘limidagi topshiriqlarni bajarish va belgilashga 40 daqiqa, yozish bo‘limidagi topshiriqlarni bajarishga 45 daqiqa, gapirish bo‘limida har bir pedagog uchun 15 daqiqa vaqt ajratiladi.

Test sinovi ikki bosqichda o‘tkaziladi: 1-bosqichda chet tilini o‘qitish metodikasi, o‘qish, tinglab tushunish, leksik va grammatik kompetensiyalar, yozish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar, 2-bosqichda gapirish ko‘nikmasi baholanadi.

Test sinovning har bir turi alohida baholanadi. Har bir bo‘lim uchun maksimal ball 30 balni tashkil qiladi. Natijalar haqida har bir pedagogga alohida ma’lumotnoma beriladi.

Chet tilini o‘qitish metodikasi, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalar, tinglab tushunish bo‘limlaridan birontasida pedagogning natijasi 40 foizdan kam bo‘lsa pedagogning yozma ishi tekshirilmaydi va u test sinovining 2-bosqichiga qo‘yilmaydi.

Yozma ish va gapirish ko’nikmalaridan 50 foizdan kam bo’lmagan natijani ko’rsatgan talabgorlargina test sinovida muvaffaqiyatli o’tgan hisoblanadilar.

Ta’lim muassasasida chet tili fanidan faoliyat yuritayotgan pedagoglarning bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovining ijobiy natijasi 3 yil muddatga amal qiladi. Uch yildan so‘ng pedagog ustama olish huquqini beruvchi test sinovidan qaytadan muvaffaqiyatli o‘tishi lozim.

4.1 8 votes
Article Rating
Subscribe
Notify of
guest
4 Comments
Newest
Oldest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments