14-dars. Present Simple

Sizlar bilan biz oldingi darsimizda Present Continuous – Hozirgi davomli zamon haqida gaplashgan edik. Bugungi mavzuimiz Present Simple – Hozirgi oddiy zamon.
Biz Present Simple zamonini doimiy yoki qaytarilib turadigan ish harakatga nisbatan ishlatamiz.
Masalan: I go to school everyday. Men har kuni maktabga boraman.
You work at the hospital. Siz shifoxonada ishlaysiz.

Biz Present Simple zamonida 3-shaxs birlik (he, she, it)dan keyin keladigan fe’llar uchun -s yoki -es qo’shimchalarini qo’shamiz.
He goes to school everyday
My mother (she) works at the hospital.

Present simple yasash uchun quyidagi formuladan foydalanamiz:

Subject +   Verb (III+es) +   Object

I            +   work             +     at the hospital

He + goes + to school everyday
Inkor gap yasaganimizda egadan keyin do not (do’nt) yoki does not (doesn’t) qo’yamiz.
I don’t like ice cream
Tom (he) doesn’t work at school
So’roq gap yasaganimizda esa biz doim egadan oldinga Do yoki III-shaxs birlik uchun Does ni qo’yamiz.
Do you work at the hospital?
Does she speak English?

III shaxs birlikka s yoki es qo’shamiz deb aytdik. Agar fe’limiz ss, sh, ch, x, o bilan tugasa es qo’shamiz.rushes
brush – brushes
do  – does

undosh harf + y bilan tugasa ies qo’shamiz.
cry – cries
fly – flies

qolgan undosh harflar bilan tugasa s qo’shamiz.
know – knows
walk – walks

1. 3nchi shaxs birlikda yozib chiqing

2. Jadvalga qarang va kim qanday sport o’ynashini yoki o’ynamasligini yozing.

3. Har kuni Carol nimalar qilishini yozing

Savol tuzish va unga qisqa javob berish

4. Do yoki does qo’ying.

5. Savollar yozing.

New words:
usually – odatda
walk – yurmoq
go – bormoq
work – ishlamoq
everyday – har kuni
cry – yig’lamoq
brush – cho’tkalamoq
know – bilmoq
try – harakat qilmoq
enjoy – zavqlanmoq
catch – ushlamoq, tutib olmoq
push – itarmoq
get up – o’rnidan turmoq

Do'stlaringizga ulashing:

One thought on “14-dars. Present Simple”

  1. Assalomu alaykum darslariz uchun kotta rahmat ! Temalarni davomi bo‘ladimi ? Yana mavzularni davom ettirsangiz hursand bo‘lardim:)

Leave a Reply

Your email address will not be published.