5000 words in a month, 100% English, 7000 words in 7 weeks kitoblari rostdanam ingliz tilini o’rganish uchun foydalimi?

Yil boshidan beri juda ham ko’p o’qituvchilar, o’quvchilar, abituriyent va inglz tilini turli maqsadda o’rganishni niyat qilganlar ushbu kitoblar bo’yicha turli xil savollar berib kelishadi. Asosiy savollar quyidagilar: Ushbu kitoblar rostdanam foydalimi? Puliga arziydimi? 1 oyda aytilgan natijaga erishsa bo’ladimi?
Ushbu savollarga shaxsan men yo’q deb javob beraman. Negaligini hozir tushuntiraman.
Til o’rganish bu uzoq davom etadigan va bizdan biroz iroda va mehnat talab etadigan jarayon. Bir mamlakat tilini yaxshi o’rganish uchun 1-2 oy juda ham kamlik qiladi. Bitta kitob sizni Beginnerdan Advanced darajasiga oolib chiqib qo’ya olmaydi. Shuning uchun ham Dunyonng top universitetlarining professor o’qituvchilari ham eng kamida 6 ta darajaga alohida kitob chiqaradi. Va hattoki o’shalar ham 1-2 oyda til o’rganib IELTS dan 7-8 ball olishingizga kafolat bermaydi. Bu reallikdan juda uzoq.

Ushbu kitoblarni reklamasiga keladigan bo’lsak o’ta darajada bo’rtirilgan. Raqamlar 100% osmondan olingan. 1 soatda 150-320 so’z yodlash 1 haftada 1000ta va bir oyda 5000ta so’z yodlashingiz mumkin deyilgan? Xo’sh bu raqamlar qayerdan olindi? Turli xil yoshdagi, kasbdagi kamida 500-1000 kishini bir auditoriyaga jamlab ularga o’sha kitoblar berilib ularda doimiy kuzatish va test qilib borish natijasida shu raqamlar kelib chiqdimi yoki kitobni tuzgan odam shu natijaga erishgan bo’lsa demak shunday deb yozib qo’yildimi? Balki shunchaki osmondan olib yozib qo’yilgandir? Menimcha reklamadagi har bir so’z haqiqatga yaqinroq bo’lishi kerak.
15 minutda 80 000 so’z!
Qanday qilib deysizmi? Juda oddiy inglizcha so’z oxirida kelgan -tion qo’shimchasini -tsiya yoki -siya deb tarjima qilasiz tamom!
Masalan: innovation – innovatsiya, ambition – ambitsiya, pension – pensiya va hokazo.
Kechirasizlaru bu so’zlarni ham o’zbek tilida ma’nosi bor.
Masalan, starvation degan so’zni starvatsiya deb tarjima qilolmaymiz. Uni o’zbek tiliga ochlikdan aziyat chekish deb tarjima qilamiz. Yoki I made an abluiton degan gapni abluitsiya qildim deb emas tahorat oldim deb tarjima qilamiz. Xulosa shuki, -tion qo’shimchasini -tsiya, -gy qo’shimchasini -giya ga almashtirib qo’ysak o’zbekcha tarjima kelib chiqadi degani emas!

Kitob narxiga keladigan bo’lsak uncha ham qimmat emas atigi 1 million so’m. Ha adashmadingiz 1 MILLION SO’M! Yevropaning top universitetlarida chiqqan umrini ilm fanga bag’ishlagan porfessorlarning kitoblari ham Amazon internet do’konida 20-25$ turadi. Lekin negadir bizning “olimlarimiz” chiqargan kitoblar 130$ ga yaqin turadi. Eng qizig’i, bu kitoblar hech qanday nashriyot tomonidan emas oddiy printerda A4 listga chiqariladi. Balkim qimmatligini sababi shundadir. Har xolda qo’l mehnati!

Xulosa qilib aytmoqchimanki, ushbu kitoblar sizga garantiya beryaptimi 1 oyda Advanced darajasiga chiqishingizga yoki IELTS dan 7-8 olishingizga, unda darhol sotib oling va kafolat shartnomasini talab qiling. Kafolat belgilangan muddatda bajarilmasa ular pulingizni kompensatsiya bilan qaytarib berishlari kerak. Shu o’zlari bergan kafolatga amal qilisha olmasa u kitoblarni sotib olmaganingiz ma’qul.
Reklamani zo’r qilib va’dalar berib tashlash hammani ham qo’lidan keladi. Unday oldi-qochdi gaplarga uchib pulingiz va vaqtingizga kuyib qolmang. “Tadbirkorlar”ni qo’lida o’yinchoq bo’lib qolmang!
Agar ushbu kitoblar bo’yicha qandaydir fikringiz bo’lsa, sotib olgan bo’lsangiz tavsiya qilishingiz yoki qilmasligingizni komentga yozib qoldiring!

Do'stlaringizga ulashing:

3 thoughts on “5000 words in a month, 100% English, 7000 words in 7 weeks kitoblari rostdanam ingliz tilini o’rganish uchun foydalimi?”

  1. Salom. Albatta kitobni sotib olish o’zingizning ixtiyoringizda. Bu yerda fikrlarimni autib o’tganman xolos. IELTS tayyorlanmoqchi bo’lsez hamma skills lari bo’yicha qo’chimcha materiallari bilan alohida kitoblar bo’ladi. Shulardan tayyorlaning. 1ta kitobni olib so’z yodlab hamma skillsni o’stirib bo’lmaydi!

  2. Salom men yaqinda shu kitobni olmoqchi bo’lgandim narxi ham 800 000 so’m ekan men ham real qaradim va kitobni olishdan oldin Internetdan va boshqa bilgan odamlarimdan ushbu kitob haqida to’liq malumot berisholmayapti szdan maslahatim shuki nima deysz kitobni olganim yaxshimi yo oddiy hamma o’rganib EILTS olgan usuldan borganim yaxshimi nima deysz.

Leave a Reply

Your email address will not be published.