CEFR imtihoni haqida ma’lumot

Bu yildan Oliy o’quv yurtlariga imtihon topshirganda CEFR yoki Chet tilini bilish darajasi testidan tegishli sertifikatga ega bo’lgan yoshlarimizga imtiyozlarga ega bo’lishi katta yangilik bo’ldi. Chet tilini bilish darajasi nimalardan iborat va qanday tartibda o’tkaziladi? Ushbu maqolamda yuqoridagi savollarga javob berishga harakat qilaman.

CEFR imtixoni IELTSdan farqli o’laroq 5ta bo’limdan iborat. Ular:

Tinglab tushunish (Listening) bo’limi: eshitilgan audiomatnlarning asosiy mazmunini va detallarini tushunish ko’nikmalari tekshiriladi.

O’qib tushunish (Reading) bo’limi: har xil janrlardagi autentik matnlarning asosiy mazmunini va detallarini tushunish ko’nikmalari tekshiriladi.

Leksik va grammatik kompetensiyalar (Lexical Grammatical Competence) bo’limi: leksik va grammatik birliklarni kontekstda to’g’ri qo’llay olish ko’nikmalari tekshiriladi.

Yozish (Writing) bo’limi: berilgan vaziyat yoki mavzu asosida, topshirilayotgan darajaga mos leksika va grammatikani qo’llagan holda yaxlit matn tuza olish ko’nikmalari tekshiriladi.

Gapirish (Speaking) bo’limi: savollarga javob bera olish, og’zaki taqdimot qila olish, muammoga nisbatan o’z fikrini bildirib asoslab bera olish ko’nikmalarini tekshiradi.

Testning yozma qismi (tinglab tushunish, o’qib tushunish, leksik va grammatik kompetensiyalar, yozish bo’limlari) bir kunda, gapirish bo’limi alohida o’tkaziladi.

Har bir bo’limda maksimal ball 30 ballni tashkil qiladi. Jami maksimal ball: 150 ball. Testdan muvaffaqiyatli o’tish uchun maksimal ballga nisbatan 60% (90 ball) yoki undan yuqori yig’ish kerak.

1. LISTENING

Tinglab tushunish (30 daqiqa / 4 qism / 30 savol)
Tinglab tushunish bolimida har bir matn ikki martadan eshittiriladi va matn eshittirilishidan oldin matnga oid savollar bilan tanishib chiqish uchun 30 soniya vaqt beriladi.
Har bir savol: 1 ball
Maksimal: 30 ball
Davomiylik: 35 daqiqa
Qoshimcha vaqt: 10 daqiqa

2. READING
O’qish 4ta qism va 30ta savoldan iborat bo’ladi.
Davomiylik: 70 daqiqa
Eng katta tekst: 400 ta so’z
Har bir savol: 1 ball
Maksimal: 30 ball

3. LEXIAL AND GRAMMAR COMPETENCE
Leksik va grammatik kompetensiyalar (30 daqiqa / 3 qism / 30savol)
Davomiylik: 30 daqiqa
Har bir savol: 1 ball
Maksimal ball: 30 ball

4. WRITING
Yozish (45 daqiqa / 2 topshiriq)

1-topshiriq: 10 ball

2-topshiriq: 20 ball

Yozma nutq bo’limining maqsadi nomzodning fikrini chet tilida yozma ravishda to’g’ri va ravon ifodalay olish qobiliyatini tekshirishdir.
1-topshiriq: shaxsiy yozishmalar. Nomzod berilgan mavzu va tayanch savollar asosida xat yozishi lozim(60-80 so’z/10 ball) Mavzuda muammo ko’tariladi va xatda ushbu muammo yuzasidan fikr bildiriladi.

2-topshiriq: shaxsiy tajribaga asoslangan insho yozish (120-140 so’z/20 ball). Nomzod tayanch savollar asosida berilgan mavzuda qisqa insho yozishi kerak.

5. SPEAKING
Gapirish (15 daqiqa / 3 qism / 30 ball)

Og’zaki nutq bo’limining maqsadi nomzodning fikrini chet tilida og’zaki tarzda to’g’ri va ravon ifodalay olish qobiliyatini tekshirishdir.

1-qism

Suhbat tarzida talabgorga kundalik mavzularda, shaxsiy hayotiga oid savollar beriladi va talabgor berilgan savollarga tayyorgarliksiz javob bera olishi lozim. Bu qism 4 daqiqa davom etadi.

2-qism

Talabgordan berilgan muammoli vaziyat asosida 2 daqiqali monolog tuzishi talab qilinadi. Talabgor nutqi davomida muammoga o’z yondashuvi (muammoga yechim)ni ifodalashi kerak. Savollar nomzodning shaxsiy hayotiga oid mavzular doirasidan olinadi.

Talabgorga tayyorgarlik uchun 1 daqiqa vaqt beriladi.

3-qism

Talabgorga 2-qism (monolog) mavzusidan kelib chiqqan holda qo’shimcha ma’lumotlar beriladi. Talabgorga tayyorgarlik uchun vaqt berilmaydi.

Do'stlaringizga ulashing:

50 thoughts on “CEFR imtihoni haqida ma’lumot”

  1. Assalomu aleykum men hozirda 10-sinf oquvchisiman cefr b1 topshirdim va bu bilan kelasi yili oqishga kirishda imtiyoz olishim mumkinmi?

  2. man chunmayapman internetdan topomadim cefr faqat B2mi man unversitetga topwirmoqchiman manga imtiyoz beradimi cefr.Aslida cefr yoq boldimi javob uchun rahmat

  3. Birinchi mutaxassisligi ingliz tili bo’lgan abituriyentlar B2darajali sertifikat bilangina shu fandan imtixon topshirmas ekan. Shu tasdiqlandimi? Agar shunday bo’lsa o’qituvchilarning darajasi kamida C1 bo’lishi lozimku?!..

  4. Assalomu aleykum man xali endi yuridik institutiga tayyarlanishni boshlagan yosh abituriyentman.IELTS ga sekin sekin tayarlanvotgandim, keyin yuridik institutiga CEFR bilan kirsa boladi deb eshitdim rostdanxam CEFR bilan yuridechiskiyga o’qishga kirsam boladimi? Keyin IELTS osonroqmi yoki CEFRmi? qaysi biriga tayyarlaniy? Maslahat berila….

  5. Assalomaleykum mani qiziqtirvotkan savol bu – sefrdan imtihonlar qaysi oylarda bo’lib o’tadi? Anniqrog’i may oyida ham imtihon bo’ladimi? Javobingiz uchun oldindan raxmat.

  6. Assalomu aleykum sefr imtihoniga boshqa viloyatdan turib ham ro’yxatdan o’tsa bo’ladimi
    oldindan javobingiz uchun raxmat

  7. Assalomu aleykum sefr imtihoniga ro’yxatdan o’tish uchun online tarzda foydalansa bo’ladi yo bo’lmaydimi ?
    Oldindan raxmat

  8. Assalomu aleykum. Cefr imtihoni sanasi aniq buldimi. Kecha bir xabar ewitib qoldim Cefrga imtuhon 25martda buladi deb wunga aniqlik kiritsangiz javobingizni kutaman

  9. Bugun internet tarmoqlarida tarqalgan malumotlardan barcha abiturentlar shu bilan birga men ham taajubga tushdim.Chunki “B2” bu degani biz Oliy talim Universitetlariga o’qimasdan turib shu yerda o’qib bitirayotganlar erisha olmayotgan darajaga biz imtihon berishimiz kerak ekan.Nima uchun abiturenlarni shunchalik qiynash kerakmi?Iltimos qilaman B1 daraja birinchi (asosiy)blokka o’tsin.
    Ijobiy javoblaringizni kutib qolaman.
    Oldindan kattakon raxmat

  10. Yana men bezovta qilyapman.
    Chunki shu abiturentlar orasida men ham borligim uchun.Meni bir savol qiziqtiryapti nima uchun B2 ni joriy qilmoqchi oldin B2 joriy qilish uchun axir shunday talim bera oladigan o’qituvchi bormi yoqmi qiziqib korishmayaptimi
    bu ish bilan bir oddiy jangchini qurolsiz jangga yuborgandek gap emasmi yaxshi javob kutishga harakat qilaman.

  11. Assalomu aleykum.Kopgina abiturentlar orziqib kutayotgan sefr imtihoni bu yil bo’ladimi yoki bo’midimi

  12. Assalomu alaykum. Qachon registratisiya qilsam bo’ladimi? Ieltsdek har oy bo’ladimi?Magistraturaga cefr o’tadimi? C1

  13. Здравствуйте можете сказать когда выйдет ответ CEFR которую сдали 24 октября?

  14. Assalomu alekum CEFR sertifikati bu yil 2018/2019 yilda qanday boladi CEFR B1 darajasi testda 30ta testdan 30ta qilib beradimi…?Jovobizni kutaman rahmat.

  15. Nimaga abuturientlar 4-5-darajali testlarni yechish kerak abuturientlarni qiynashni nima keragi bor shu orqali abuturienlar o’qishni tashlashmoqda

  16. Assalomu alaykum. Iltimos test sinovlarini kunlari haqida malumot berolasizmi ? B1 va B2 uchun

  17. B1darajadagi sertifikat Diplomatiya universitetiga otmaydimi?B2darajasi otadi deb eshitgandim.Shu togrimi?

Leave a Reply

Your email address will not be published.