Chet tilini bilish darajasi testi 13-14-fevralda o’tkaziladi

Yangiliklar

Abituriyentlarimiz uchun uzoq kutilgan yangilik!
Chet tilini bilish darajasini aniqlash va davlat namunasidagi malaka sertifikat olish uchun navbatdagi test sinovi 2018 yil 13-14 fevralda o‘tkaziladi!

Test sinovidan o‘tish uchun hujjatlar 4 yanvardan boshlab qabul qilinadi. Hujjatlarni ohirgi qabul qilish kuni – 26 yanvar.

Testga ro’yxatdan o’tish uchun nsfla.uz saytiga kiring va «Online ariza» bo’limida «Chet tilini bilish darajasi testi» ga kiring.
Ro’yxatdan o’tish tartibi
Chet tilini bilish va egallash darajasi bo’yicha malaka sertifikati olish uchun imtihonga ro’yxatdan o’tish tartibi:
1. On-line arizani to’ldiring. To’ldirigan arizangizning pdf formatdagi nusxasi arizada ko’rsatgan elektron pochtangizga yuboriladi.
2. Elektron pochtangizdan pdf formatdagi arizangiz nusxasini yuklab oling va printerdan chiqaring.
3. Istalgan bank bo’limidan DTM hisob raqamiga eng kam ish haqining 1.5 baravari miqdorida to’lovni to’lang.
4. Quyidagi hujjatlarni DTMga pochta orqali yuboring yoki shaxsan olib keling:
– To’ldirilgan ariza nusxasi (pdf formatda pochtangizga yuborilgan arizani chiqaring va qo’l qo’ying);
– Eng kam ish haqining 1.5 baravari miqdorida to’lovni to’laganligingiz haqida kvitansiya nusxasi yoki to’lov topshiriqnomasi;
– Pasportingiz nusxasi;
– 3.5 * 4.5 o’lchamdagi fotosuratingiz (1 dona)*;
*Izox: Rasm hujjat talablariga mos kelishi kerak.
– 3.5 *4.5 o’lchamdagi fotosuratingizning CD diskga yozilgan elektron nusxasi;
– hujjatlar uchun jild.
DTM manzili: 100202, Toshkent shahri, Bog’ishamol ko`chasi, 12-uy.

1 dekabrdan 2017y. sertifikat uchun to’lov – 258 360 so’m

0 0 votes
Article Rating
Subscribe
Notify of
guest
13 Comments
Newest
Oldest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments