IELTS haqida (umumiy ma’lumot)

IELTS so’zining kengaytmasi International English Language Testing System bo’lib o’zbekchaga so’zma-so’z tarjima qilinganda Xalqaro Ingliz tilini O’lchash Tizimi ma’nosini anglatadi. Ya’ni ingliz tilini qay darajada bilishimizni aniqlab beradi. IELTSda baholash 0 dan 9 gacha bo’ladi. Bunda 0 eng yomon natija bo’lsa, 9 eng yaxshi natija. Imtixon topshirgandan so’ng natijangizga qarab sertifikat beriladi. Ushbu sertifikat bilan chet el va o’zimizning oliygohlarga oliygoh qoidalariga ko’ra imtixonsiz yoki imtixon asosida tahsil olishingiz mumkin. Ko’pgina oliygohlar bakalavr yo’nalishlari uchun eng kami 5 so’rashsa magistratura uchun 6 so’rashadi. IELTSning ikki moduli bor. Academic va General. Academic moduli ko’proq ta’lim olishni niyat qilgan talabalar uchun bo’lsa, General Moduli immigratsiya va ish topish maqsadida topshiriladi. Bu ikki modulda ham 4 ta bo’lim mavjud bo’lib, ular: Listening(Eshitish), Reading(O’qish), Writing(Yozish) va Speaking(Gapirish). Listening, Reading va Writing imtixonlari bir paytda olinadi. Speaking esa odatda 2-3 kun oldin yoki keyin bo’ladi. Listening uchun 40ta savol va 40 daqiqa vaqt ajratiladi undan 10 daqiqasi javoblarni varoqqa ko’chirish uchun ajratilgan. Audio faqat bir marta qo’yiladi.  Reading ham 40ta savoldan iborat va 60 daqiqa ajratiladi. Writing 2ta Task (Topshiriq)dan iborat. Task 1 ga 20 daqiqa, Task 2 ga esa 40 daqiqa ja’mi 60 daqiqa ajratiladi. Bu uch imtixon bir paytda ketma-ket bo’lib o’tadi. Speaking uchun umumiy 15 daqiqa belgilangan.

Qayerda IELTS topshirsam bo’ladi?

IELTS imtixoni deyarli har oyda ikki marta Toshkent shaxrining Amir Temur ko’chasi 107B uy (Xaqaro Biznes Markazi binosi)da bo’lib o’tadi.

IELTS imtixoniga ro’yxatdan o’tish to’g’risida ma’lumot qayerdan olsam bo’ladi?

Test Markaziga tashrif buyurib yoki British Council Uzbekistanning rasmiy veb sayti orqali ro’yxatdan o’tishingiz va to’liq ma’lumot olishingiz mumkin.

Imtixonga kamida 2-3 oy oldin ro’yxatdan o’tib qo’yishingizni tavsiya qilaman. Hozirda test topshiruvchilar soni juda ham ko’pligi bois ba’zan keyingi 3 oy to’liq band bo’lib qolishi mumkin.

Imtixon topshirish qancha turadi?

2017-yil Oktyabr holatiga ko’ra ro’yxatdan o’tish 1,296,000 so’m.

Sertifikat qancha muddatgacha yaroqli hisoblanadi? 

Sertifikat muddati test topshirgan kuningizdan boshlab 2 yil.

 

Do'stlaringizga ulashing:

22 thoughts on “IELTS haqida (umumiy ma’lumot)”

  1. Ielts ogandan keyin qaysi davlat institutlariga kirsa boladi shuniyam bir etib ketin

  2. Assalomu aleykum Hasanboy aka men 6-sinf oquvchisiman men grammarway kitobining 2chisini tamomlayapman.Men grammarway kitobining hamma qismini tugatsam ielts koproq ball olamanmi yoki yana koproq shugullanishim kerakmi?Yana menda speaking,reading muammolari mavjud bularga qanday kitob tavsiya etasiz? Chet davlatlarga chiqish uchun qanch balldan kop olish kerak?

  3. Salom men xitoyda oqiyman lekin IELTS yoq xitoyda HSK kerak menda HSK bor u ham huddi IELTSga o’xshaydi men IELTS endi olaman uzbga qaytsam savolim oqishimni amerika yoki canadaga perevot qimoqchiman unga nechchi IELTS kerak boladi

  4. IELTS va CEFR (milliy sertifikat) boshqa boshqa imtixon turlari. Bir paytda olsangiz bo’ladi

  5. Valekum assalom. Grammatikangizda muammo bo’lsa siz ko’proq grammatika kitoblarini o’qing. Sizga Destination, Murphy kitoblarini tavsiya qilaman. Speaking uchun Speak out kitoblari yaxshi

  6. Asalomalekum aka man 2 yildan beri ingliz tilini oqiman lekin grammatikam yomon keyin gaplawiwimam yomonroq menga yo’l korsatin qando qb yaxshi o’rgansam bo’ladi

  7. Assalom Hasan aka.Meni IELTS topshirib Koreada Grand o’qish niyatim bor. Hozir 9-sinf o’quvchisiman.2 yilda IELTS ni yaxshi o’zlashtira olamanmi? Yoki tarix va ona tili o’qib Jaxon tillari universitetiga topshiraveraymi? Qaysini maslaxat berasiz?Menga CEFR haqida ham malumot bersangiz. Rahmat!

  8. imtihon biletlari uchun raxmat!men ham ingliz tili fanini urganyapman jahon tillari universitetiga topshirmoqchiman albatta grand asosida kiraman deb oylay man xudo xohlasa!!!

  9. Salom Ielts sertifikatim bor Uzbekistonning jahon tillar institutiga topwirmoqchiman ingliz tili testidan ozod etilamanmi yoki B2 Ielts sertifikatim yetarli buladimmi javob u.n oldindan rahmat

  10. aka men Nodirbekman iltimos javoblarni tezroq bering online bo’lsa yaxshi bo’lardi sizdan so’raydigan narsalarim juda juda ko’p

Leave a Reply

Your email address will not be published.