Qabul 2019: Hujjatlar ro’yxati va topshirish tartibi

Ushbu yildan boshlab, davlat xizmatlari markazi yoki  orqali faqatgina 5ta OTM ga hujjat topshirish mumkin bo’ldi.
Ular:

1. Toshkent davlat yuridik universiteti
2. Qoraqalpoq davlat universiteti
3. Guliston davlat universiteti
4. Farg‘ona davlat universiteti
5. Samarqand davlat universiteti
Davlat xizmatlari markazlarida quyidagilar uchun hujjatlar qabul QILINMAYDI: Yuqorida berilgan ro’yxatdan tashqari OTMlar, magistratura, sirtqi ta’lim, xususiy OTMlar hamda harbiy ta’lim muassasalari.

Hujjat topshirish uchun faqat pasport hamda diplom (shahodatnoma) bo‘lsa kifoya. Mabodo imtiyozi bo‘lsa, uni tasdiqlovchi hujjat. Joriy yildan boshlab tibbiy ma’lumotnoma (086-forma) hamda 3×4 rasm topshirish shart emas!
Endi abituriyent hujjat topshirmaydi, balki original hujjatlarini ko‘rsatib, ro‘yxatdan o‘tadi va o‘zi bilan qaytarib olib ketadi;

Hujjatlar olib qolinmaydi!

Davlat xizmatlari markazi orqali hujjat qabul qilish xarajatlarini qoplash uchun abiturientlardan EKIH 10% miqdorida to‘lov undiriladi (bugungi kunda 20 ming 273 so‘m). Bu to‘lov hammadan olinadi va bu to‘lovni oldingi o‘quv yilida bitirganlardan olish taklif etilayotgan EKIH 1 barobari miqdoridagi to‘lov bilan adashtirmaslik kerak.

Joriy yil OTMlar uchun qabul va imtihon jarayonlari taxminan quyidagi muddatlarda bo’lib o’tadi:

Kunduzgi ta’lim uchun qabul jarayonlari: 👉 15-iyundan 15-iyulga qadar (ayrim sabablarga ko’ra kechikyapti)
Kirish imtihonlari: 👉 20-iyuldan 15-avgustga qadar

Sirtqi ta’lim uchun qabul jarayonlari muddati: 👉 1-iyuldan 15-iyulga qadar
Kirish imtihonlari muddati: 👉16 avgustdan 25 avgustga qadar bo’lib o’tadi

 

Do'stlaringizga ulashing:

55 thoughts on “Qabul 2019: Hujjatlar ro’yxati va topshirish tartibi”

  1. Assalomu alaykum savolimga javobiz uchun raxmat. Man onlayn hujjat topshirdim. Lekin kvitansiyada boshqa ism familiya yozilgan. Tulovini ham qildim. Endi nima qilishni bilmay qoldim. Bu yog‘iga imtihon kunini kurishim kerakmi saytdan bilolmayapman. Oldindan raxmat

  2. 15iyulgacha dakumentlani topshiromadm vaxtm tori kemadi hozi 20iyulgacha topshirsam boladimi

  3. Assalomu aleykum! Ikkita OTMga magistratura uchun hujjat topshira olamanmi? Javob uchun katta rahmat

  4. Assalomu alaykum! Magistraturaga yoshga doir cheklovlar bormi?
    Imtiyozlarchi? Masalan davlat mukofotlari yoki tanlovlar g’oliblariga?

  5. valekum assalom Madinabonu, Diplom va ilova bir-birisiz kuchga emas shuning uchun ilovasi ham bo’lishi kerak. Kollej mamuriyatiga murojaat qilsangiz ilovadan duplikat berishadi

  6. Assalomu alaykum savolim quyidagicha, kollej diplomimni ilovasi yo‘qolgan. Universitetga hujjat topshirish uchun diplom ilovasi ham bo‘lishi kerakmi? Oldindan raxmat javob uchun

  7. Assalom-u aleykum
    Bir narsa haqida ma’lumot olmoqchi edim
    Hujjat qabul qiluvchilarning bizdan original hujjat( CEFR) ni o’zlarida olib qolish huquqi bormi?

  8. Салом.Мен 41 ёшдаман, сиртки ёки кечки таълимга топширсам буладими?Хозирча хеч каерда ишламайман, ёки факат махсус сиртки ишловчилар учунми?

  9. sirtqi bo’limga o’qishga kirsa kontrakti nechi pul bo’ladi qaysi elektron pochtasiga elektron xujjat topshirishimiz kere 5 yil staj so’rawvotti digan gapla bor iltimos qo’shimcha izox berib o’tsez.

  10. Qaysi saytdan tólov qilinadi.. hujjatlar qaysi saytdan topshiriladi. Iltimos sayt nommini yozing

  11. Sirtqi talim togrisida to’liqroq malumot bering misol uchun faqatkina ishlovchilar topshiradimi

  12. Assalom alekum.bu hujjat topwiriw 101 ming diyiwopti.keyin avgustda imtihon diyiwopti.Wu savolga aniq javop bering.chunki biza viloyatdan boramiza

  13. Salom online orqali xujjat topwiriw mumkin deyildi aniqro tuwintiring?;
    masalan: rasm passport diplomni suratga tuwirib jonatiladimi?

  14. Uydan turib ham online hujjat topshirsa buladimi tartibi va qaysi saytdan amalga oshiriladi

  15. бирданига 3 та университетга топширса болади дишяпти бу росми ва канде киб

  16. Maxsus sirtqi bo’limida imtixon bo’ladimi yoki faqat suhbat asosida va 3 yillik staj bo’yicha qabul qilinadimi

  17. O’ qishni oldingi yili bitirib, lekin o’ qishga topshirmaganlar ham to’ lashadimi 202mingni?

  18. Sirtqi ta’limga imtihonlar test shaklida bo’ladimi(ya’ni har bir fandan 30 tadan savol va variantlari bilan) yoki og’zaki savol javobmi.shunga aniqlik kiritib bersangiz.

  19. Sirtqi ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish tartibi belgilandi:

    • sirtqi ta’limga hujjatlar 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi;

    • kirish imtihonlari 16 avgustdan 25 avgustgacha kamida 3 ta fandan o‘tkaziladi;

    • yozma imtihonlar shifrlangan holda tekshiriladi;

    • imtihonlar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga muvofiq keluvchi 3 ta fandan to‘planishi kerak bo‘lgan maksimal 189,0 balldan, har bir fanning o‘rniga qarab uning uchun ajratilgan eng ko‘p ballning 0dan 100 foizgacha bo‘lgan oraliqda baholanadi;

    • natijalar imtihondan keyin 1-3 kunda ta’lim muassasasining rasmiy saytida e’lon qilinadi.

  20. Ассаламу алейкум. Мен туркманистон фукорасиман узб отмларига онлине хужжат топшира оламанми. Кайси хужжатлар керак болади жавоб кутаман толовини кандай амалга оширсам болади

  21. Москвада туриб ариза топширса буладими??? Жавоб учун олдиндан катта рахмать

  22. Men oʻtgan yili yiqilganman 202min toʻlov qilamanmi bu yil qabulga tushunmayapman shunii

  23. avalki abiturientlargayam bepul qlw kerak nma endi oddiy oilani bollari oqiwga topwrolmidmi tem boli 3tagaca diyilgan maksimum bunda 600mingdanam ziyod bob ketadiyu

Leave a Reply

Your email address will not be published.