Biz sizlar bilan oldingi darslarda ingliz tilida egalik olmoshlari va ko’rsatish olmoshlari haqida ma’lumotlar olgan edik. Bugungi darsimiz esa egalik olmoshlari haqida.
Egalik olmoshlari ingliz tilida possessive pronouns deyiladi va biror narsaga egalikni bildiradi. Masalan:
my pen – mening ruchkam
his book – uning kitobi
Egalik olmoshlari quidagilar:
Birlikda
my – mening
your – sening, sizning
his – (og’il bola, erkak kishi uchun) – uning
her – (qiz bola, ayollar uchun) – uning
its – (hayvon va narsa buyum uchun) – uning
Ko’plikda
our – bizning
your – sizlarning
their – ularning
| Personal Pronouns | Possessive pronouns | ||
| Singular | Plural | Singular | Plural |
| I you he, she, it | we you they | my your his, her, its | our your their |
1. Gaplarni my, your, his, her, its yoki their qo’yib tugallang

Javoblari
2.his
3.her
4.their
5.your
6.our
7.its
8.their
9.my
2. Gaplarni my, your, his, her, its yoki their qo’yib tugallang

Javoblari
2.her
3.their
4.my
5.your
6.our
7.its
8.my
9.their
Egalik qo’shimchasi. Biz biror kishining yoki hayvonning biror nimasi demoqchi bo’lsak ‘s dan foydalanamiz.
Masalan: the boy’s ball – bolaning kopto’gi
my mother’s dress – oyimning ko’ylagi
Agar birdan ortiq kishi yoki hayvon nazarda tutilganda s’ dan foydalanamiz. Masalan:
The boys’ book – O’g’il bolalarning kitoblari
Lekin Children’s dog (Children o’zi ko’plikda bo’lgani uchun)
Agar Ben and Joe’s bike bo’lsa unda ikkising velosipedi bitta bo’ladi
Ben’s and Joe’s bikes bo’lsa Ben va Joelarning velosipedlari ular ikkisi uchun alohida velosiped bo’ladi.

So’zlarni ‘s yoki ‘ qo’shib bo’limlarga ajratib chiqing

Javoblari
3.the lion’s.
4.my dad’s.
5.the rabbts’
6.my teacher’s.
7.our friends’
8.your sister’s.
9.my brothers’
10.the monkeys’
O’qing va to’g’risini aylanaga oling.

Javoblari
2.Sarah’s
3.dad’s
4.boy’s
5.mouse’s
6.Christina’s
7.Karim’s and Hasem’s sister
8.Alphonso’s and Fernando’s dogs
New words (yangi so`zlar)
| 1 | scarf | sharf | 6 | rabbit | quyon |
| 2 | jacket | jiket | 7 | brush | sho’tka |
| 3 | ticket | bilet | 8 | doll | qo’g’irchoq |
| 4 | handbag | sumka | 9 | dog | it |
| 5 | T-shirt | futbolka | 10 | train | poezd |
Sifat olmoshi va ot olmosh ingliz tilida
prosta gap yo
Ajoyib darslar. Xayrli ishingizda omad yor bo’lsin. Katta rahmat
Assalamu alaykum. Shuncha harakat qilib qimmatli vaqtingizni manawu savobli iwga ajratganiz u.n kattakon raxmat. Iw bor joyda xato-kamchilik boʻladi. Umid qilaman. Sizga nisbatan bu tanqidlardan hafa boʻlmaysiz va boshlagan savobli iwingizni oxiriga yetkazib kamchiliklarni tuzatib qoʻyasiz degan umiddaman.
Вапше зор омад
Assalomu alaykum, shu qoidani tushuntirganda xato aytgansiz oldingi darskarda kishilik olmoshi deyishni o’rniga egalik dedingiz , hamda yuqoridagi izohda Zebo singlimizni aytgani, y’ani 6 mashiqdagi 7 savol javobini xato belgilagansizlar. Javobini commentta hammaga qoldiring
pronouns
6 mashqda ham 7 chi javobi xato emasmi?
juda yaxshi, faqat 5 ex mashqida texnik xato bor ekan
5.the rabbts’
Assalomu aleykum oka kotta rahmat sizga Alloh rozi bolsin sizdan,manga oxshab ilim omoqchi bogan lekin repetitorga imkoniyati bomagan yoshla mana sizni saytizdan tekimga ingiliz tilini organishvoti rahmat kottakon sizga oka))))