11-dars. Possessives – Egalik olmoshlari

Biz sizlar bilan oldingi darslarda ingliz tilida egalik olmoshlari va ko’rsatish olmoshlari haqida ma’lumotlar olgan edik. Bugungi darsimiz esa egalik olmoshlari haqida.
Egalik olmoshlari ingliz tilida possessive pronouns deyiladi va biror narsaga egalikni bildiradi. Masalan:
my pen – mening ruchkam
his book – uning kitobi

Egalik olmoshlari quidagilar:
Birlikda
my – mening
your – sening, sizning
his (og’il bola, erkak kishi uchun) – uning
her (qiz bola, ayollar uchun) – uning
its (hayvon va narsa buyum uchun) – uning

Ko’plikda
our – bizning
your – sizlarning
their – ularning

Personal Pronouns Possessive pronouns
Singular Plural Singular Plural
I
you
he, she, it
we
you
they
my
your
his, her, its
our
your
their

1. Gaplarni my, your, his, her, its yoki their qo’yib tugallang

2. Gaplarni my, your, his, her, its yoki their qo’yib tugallang

Egalik qo’shimchasi. Biz biror kishining yoki hayvonning biror nimasi demoqchi bo’lsak ‘s dan foydalanamiz.
Masalan: the boy’s ball – bolaning kopto’gi
my mother’s dress – oyimning ko’ylagi

Agar birdan ortiq kishi yoki hayvon nazarda tutilganda s’ dan foydalanamiz. Masalan:
The boys’ book – O’g’il bolalarning kitoblari
Lekin Children’s dog (Children o’zi ko’plikda bo’lgani uchun)
Agar Ben and Joe’s bike bo’lsa unda ikkising velosipedi bitta bo’ladi
Ben’s and Joe’s bikes bo’lsa Ben va Joelarning velosipedlari ular ikkisi uchun alohida velosiped bo’ladi.

So’zlarni ‘s yoki ‘ qo’shib bo’limlarga  ajratib chiqing

O’qing va to’g’risini aylanaga oling.

New words:

scarf – sharf
ticket – bilet, chipta
jacket – jiket
handbag – sumka
T-shirt – futbolka
rabbit – quyon
brush – chotka

Do'stlaringizga ulashing:

Izoh qoldiring

avatar